35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Zarbdor” mahallasidagi ishlar holati o‘rganildi
янв.21
32-maktabning yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
36-maktabda o'rganish olib borildi
янв.21
Ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar farzandlariga maktab kiyimlari topshirildi
янв.21
“Zarobod” saylov okrugidagi 6-son MTTda o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
41-maktabda yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
Biriktirilgan tashkilot faoliyati o‘rganildi
янв.21
“Yangiobod” mahalla idorasini ta’mirlash masalasi muhokama qilindi
янв.21
“Yangikent” mahallasidagi maktabning yangi o‘quv yiliga tayyorgarligi o‘rganildi
янв.21
Ta’lim muassasasidagi mavjud holat deputatlar e’tiborida
“MEHR VA SAXOVAT” — AHOLI MUAMMOLARINI MANZILLI HAL ETISH DEPUTATLIK FAOLIYATINING MUHIM YO‘NALISHI

#Deputatlik_nazorati #24_ta_tavsiyaviy_savol #Deputat_daftari #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️“MEHR VA SAXOVAT” — AHOLI MUAMMOLARINI MANZILLI HAL ETISH DEPUTATLIK FAOLIYATINING MUHIM YO‘NALISHI

🏛 Mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida “Mehr va saxovat” oyligi doirasida mahallalarda aholi bilan bevosita muloqot qilish, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning holidan xabar olish hamda ularni qiynayotgan masalalarni joyida o‘rganishga qaratilgan ishlar davom etmoqda.

📝 Shu doirada Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Sevara Fayziyeva boshchiligida Yashnobod tumanidagi “Uysozlar” mahallasida uyma-uy o‘rganish ishlari olib borildi. Unda Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi Muzaffar Yusubov, O‘zbekiston Ekologik partiyasi Yashnobod tuman partiya tashkiloti raisi Dildora Mavlyanova, Yashnobod tuman Kengashi kotibiyati mudiri Alisher Kerimov, tuman Kengashi deputati Ibrohim Rasulov hamda mahalla yettiligi vakillari ishtirok etdi.

🔺 O‘rganish davomida fuqarolarning yashash sharoitlari, ijtimoiy ehtiyojlari, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati hamda kommunal xizmatlar bilan bog‘liq murojaatlariga alohida e’tibor qaratildi. Bu jarayon Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha tavsiyalar, xususan, ijtimoiy ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash, boshqaruv kompaniyalari faoliyati va kuz-qish mavsumida isitish tizimining holatini o‘rganish vazifalari bilan uyg‘un holda olib borildi.

♨️ Xususan, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalardan birining xonadoniga tashrif davomida fuqaro qish mavsumida isitish tizimi bilan bog‘liq muammo mavjudligini bildirdi. Deputat Sevara Fayziyeva mazkur murojaatni joyida o‘rganib, hududga xizmat ko‘rsatuvchi boshqaruv servis kompaniyasi rahbari bilan bog‘landi hamda muammoni bartaraf etish bo‘yicha amaliy choralar muhokama qilindi.

⚙️ Natijada xonadondagi isitish tizimini yangilash uchun zarur sharoit yaratilib, BSK vakillari tomonidan tizimni o‘rnatib berish masalasi hal etildi. Shu tariqa fuqaroning kuz-qish mavsumini munosib sharoitda o‘tkazishi uchun zarur amaliy choralar belgilandi.


📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 5