35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Zarbdor” mahallasidagi ishlar holati o‘rganildi
янв.21
32-maktabning yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
36-maktabda o'rganish olib borildi
янв.21
Ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar farzandlariga maktab kiyimlari topshirildi
янв.21
“Zarobod” saylov okrugidagi 6-son MTTda o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
41-maktabda yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
Biriktirilgan tashkilot faoliyati o‘rganildi
янв.21
“Yangiobod” mahalla idorasini ta’mirlash masalasi muhokama qilindi
янв.21
“Yangikent” mahallasidagi maktabning yangi o‘quv yiliga tayyorgarligi o‘rganildi
янв.21
Ta’lim muassasasidagi mavjud holat deputatlar e’tiborida
Kengash qarori ijrosi nazoratda: Xonto‘pi mahallasida ichki yo‘llar ta’mirlandi

Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashining 2026-yil 7-iyuldagi III-22-65-14-204-K/26-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida tuman hududlarida ichki yo‘llarni ta’mirlash, obodonlashtirish va infratuzilmani yaxshilashga qaratilgan amaliy ishlar davom etmoqda.
Jumladan, “Xalq nazorati va aholi murojaatlari” platformasi orqali Chilonzor tumani aholisi tomonidan ichki yo‘llarni ta’mirlash bo‘yicha jami 79 ta murojaat kelib tushgan. Murojaatlar o‘rganilib, mavjud muammolar tahlil qilingach, jami 10 924 kv.m ichki yo‘llarni asfalt qoplamasi bilan ta’minlash uchun 726 mln so‘m mablag‘ yo‘naltirilgan.
Mazkur mablag‘larning maqsadli sarflanishi hamda ta’mirlash ishlarining sifatli va belgilangan talablar asosida amalga oshirilishi Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi raisi, deputat Abdullayeva Barno Sayfutdinovna tomonidan nazoratga olindi.
Qaror ijrosi doirasida fuqarolar murojaatlarida ko‘tarilgan masalalar asosida Xonto‘pi mahallasidagi ichki yo‘llarda asfaltlashtirish ishlari amalga oshirildi. Deputat tomonidan ishlar joyiga chiqib ko‘zdan kechirilib, bajarilayotgan ta’mirlash jarayonining sifati va belgilangan vazifalarga muvofiqligi o‘rganildi.
Ta’kidlash joizki, ichki yo‘llarning ta’mirlanishi natijasida mahalla aholisi uchun xavfsiz, qulay va sifatli harakatlanish sharoitlari yanada yaxshilanmoqda.
Bunday amaliy ishlar fuqarolar murojaatlarini o‘z vaqtida hal etish, mahallalar infratuzilmasini rivojlantirish va hududlarni obodlashtirishga xizmat qilmoqda.

Slide 1 of 3