35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Zarbdor” mahallasidagi ishlar holati o‘rganildi
янв.21
32-maktabning yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
36-maktabda o'rganish olib borildi
янв.21
Ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar farzandlariga maktab kiyimlari topshirildi
янв.21
“Zarobod” saylov okrugidagi 6-son MTTda o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
41-maktabda yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
Biriktirilgan tashkilot faoliyati o‘rganildi
янв.21
“Yangiobod” mahalla idorasini ta’mirlash masalasi muhokama qilindi
янв.21
“Yangikent” mahallasidagi maktabning yangi o‘quv yiliga tayyorgarligi o‘rganildi
янв.21
Ta’lim muassasasidagi mavjud holat deputatlar e’tiborida
Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

🏘 Muammolar xonadonma-xonadon o‘rganilmoqda

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining 10-Chag‘atoy saylov okrugi deputati Q. Raxamov, Kengash kotibiyati mudiri O. Tursunov hamda Chag‘atoy mahallasi ijtimoiy xodimi bilan birgalikda mahallada uyma-uy yurib o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida xonadonlarga tashrif buyurilib, fuqarolarning yashash sharoiti, ijtimoiy holati, mavjud muammolari va ehtiyojlari bilan yaqindan tanishildi.

🔎 Suhbatlar davomida aholi tomonidan yo‘l va tabiiy gaz ta’minoti, shuningdek, ijtimoiy masalalar, oilalarning ehtiyojlari, ijtimoiy ko‘mak va xizmatlarga bo‘lgan talablar yuzasidan bir qator murojaatlar bildirildi.

Aniqlangan muammolarni joyida o‘rganish bilan cheklanib qolinmasdan, ularni amaliy hal etishga qaratilgan choralar ko‘rildi. Jumladan, deputat Q. Raxamov tomonidan shu kunning o‘zida tegishli mas’ul rahbarlarga deputatlik so‘rovlari yuborildi.

Shuningdek, aholi murojaatlarida ko‘tarilgan ijtimoiy va infratuzilmaga oid masalalarning ijrosini nazoratga olish, ularni bartaraf etish hamda fuqarolarga amaliy yordam ko‘rsatish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Slide 1 of 3