35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Zarbdor” mahallasidagi ishlar holati o‘rganildi
янв.21
32-maktabning yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
36-maktabda o'rganish olib borildi
янв.21
Ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar farzandlariga maktab kiyimlari topshirildi
янв.21
“Zarobod” saylov okrugidagi 6-son MTTda o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
41-maktabda yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
Biriktirilgan tashkilot faoliyati o‘rganildi
янв.21
“Yangiobod” mahalla idorasini ta’mirlash masalasi muhokama qilindi
янв.21
“Yangikent” mahallasidagi maktabning yangi o‘quv yiliga tayyorgarligi o‘rganildi
янв.21
Ta’lim muassasasidagi mavjud holat deputatlar e’tiborida
Termiz shahrida korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama qilindi

Shu maqsadda Korrupsiyaga qarshi kurashish Termiz shahar komissiyasi rahbari D.Normuradova raisligida komissiya a'zolari ishtirokida komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilish davomida shaharda korrupsiyaga qarshi kurashish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, mavjud holat va kelgusida bajarilishi lozim bo‘lgan vazifalar muhokama qilindi. Xususan, korrupsiyaviy xavf-xatarlarni barvaqt aniqlash va ularning oldini olish, mansabdor shaxslar faoliyatida qonuniylik va mas’uliyatni kuchaytirish, davlat organlari va tashkilotlarida ochiqlik hamda shaffoflik tamoyillarini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan targ‘ibot-tushuntirish ishlarini kuchaytirish, aholining huquqiy madaniyatini yuksaltirish hamda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish yuzasidan fikr va takliflar bildirildi.

Yig‘ilish yakunida shaharda korrupsiyaning oldini olish borasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar va amaliy chora-tadbirlar rejalashtirib olindi. Belgilangan vazifalarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash, har bir yo‘nalish bo‘yicha mas’ullarning faoliyatini kuchaytirish hamda ijro nazoratini ta’minlash yuzasidan tegishli vazifalar belgilandi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish — jamiyatda adolat, qonuniylik va fuqarolarning davlat organlariga bo‘lgan ishonchini mustahkamlashning muhim shartidir.