35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Buyuk kelajak” mahallasida tadbirkorlik faoliyati o‘rganildi
янв.21
“Zarbdor” mahallasida fuqarolar murojaatlari o‘rganildi
янв.21
“Qorasuv” mahallasida jamg‘arma mablag‘larini yo‘naltirish bo‘yicha taklif o‘rganildi
янв.21
“Karmaki” mahallasida “mahalla yettiligi” faoliyati o‘rganildi
янв.21
"Yangiobod" mahaallasida tuman Kengashi qarori ijrosi o'rganildi
янв.21
15-maktabning yangi o‘quv yiliga tayyorgarligi o‘rganildi
янв.21
“Yangi O‘zbekiston massivi” loyihasi doirasidagi yo‘l ishlari o‘rganildi
янв.21
"Navro'z" mahallasida 22-sonli maktabning yangi o‘quv yiliga tayyorgarligi o‘rganildi
янв.21
“Kunchiqish” mahallasida bunyodkorlik ishlari o‘rganildi
янв.21
Biriktirilgan tashkilot faoliyati hamda Qonun ijrosi o'rganildi
MAHALLIY KENGASH KOTIBIYATI – KENGASH FAOLIYATINING MUHIM TAYANCHI

Kotibiyatning asosiy vazifalari:

⏩Kengash sessiyalari va doimiy komissiyalar yig‘ilishlarini tashkil etish;
⏩Sessiyalar kun tartibini shakllantirish hamda qaror loyihalarini tayyorlash;
⏩Kengash hujjatlarini rasmiylashtirish va yuritishni ta’minlash;
⏩Deputatlarning faoliyatini tashkiliy va axborot jihatdan qo‘llab-quvvatlash;
⏩Fuqarolar murojaatlari va deputatlik so‘rovlarini ko‘rib chiqish hamda ijrosini muvofiqlashtirish;
⏩Kengash qarorlari ijrosi ustidan monitoring olib borish;
⏩Tahliliy materiallar va axborotlarni tayyorlash;
⏩Davlat organlari, korxona va tashkilotlar bilan samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yish;

Mahalliy Kengash kotibiyati faoliyati O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonun, “Xalq deputatlari mahalliy Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi Qonun hamda boshqa normativ-huquqiy hujjatlar asosida amalga oshiriladi.

Mahalliy Kengash kotibiyati deputatlar va aholi o‘rtasidagi samarali aloqani ta’minlaydi, Kengash faoliyatining ochiqligi va shaffofligini mustahkamlaydi, qabul qilinayotgan qarorlarning sifatli ijrosiga xizmat qiladi hamda hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga munosib hissa qo‘shadi.