#deputat_okrugida
#nazorat_tahlil
#kotibiyat_xodimi_faoliyati
“Kunchiqish” mahallasida bunyodkorlik ishlari o‘rganildi
Xalq deputatlari tuman Kengashiga 15-“Zarkamar” saylov okrugidan saylangan deputat A.Xolmo‘minov o‘z saylov okrugidagi “Kunchiqish” mahallasida tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi J.Donayev bilan birgalikda “Yangi O‘zbekiston massivi” loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va infratuzilma ishlarini o‘rgandi.
O‘rganish davomida mahallaning “Mustaqillik” ko‘chasida 500 metr uzunlikdagi piyodalar yo‘lagini barpo etish bo‘yicha olib borilayotgan ishlarning holati ko‘zdan kechirildi.
Shuningdek, amalga oshirilayotgan ishlarning belgilangan loyiha talablari asosida olib borilishi, piyodalar uchun qulay va xavfsiz sharoit yaratish hamda hududning obodonlashtirish holatiga e’tibor qaratildi.
O‘rganish yakunida aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli mas’ullarga zarur tavsiya va takliflar bildirilib, ishlarning sifatli va o‘z vaqtida yakunlanishi deputatlik nazoratiga olindi.
Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram