35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Zarbdor” mahallasidagi ishlar holati o‘rganildi
янв.21
32-maktabning yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
36-maktabda o'rganish olib borildi
янв.21
Ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar farzandlariga maktab kiyimlari topshirildi
янв.21
“Zarobod” saylov okrugidagi 6-son MTTda o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
41-maktabda yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
Biriktirilgan tashkilot faoliyati o‘rganildi
янв.21
“Yangiobod” mahalla idorasini ta’mirlash masalasi muhokama qilindi
янв.21
“Yangikent” mahallasidagi maktabning yangi o‘quv yiliga tayyorgarligi o‘rganildi
янв.21
Ta’lim muassasasidagi mavjud holat deputatlar e’tiborida
Deputat nazoratida: dori-darmon ta’minoti o‘rganildi

Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi deputati, O‘zbekiston Ekologik partiyasi a’zosi Fayzullayeva Malika Yarkunovna tumanda joylashgan 5-son yuqumli kasalliklar shifoxonasiga tashrif buyurib, muassasada bemorlarga tibbiy xizmat ko‘rsatish jarayoni hamda dori-darmon vositalari bilan ta’minlanganlik holatini o‘rgandi.
O‘rganish davomida shifoxonada bemorlar uchun zarur dori vositalari va tibbiy buyumlarning mavjudligi, ularning saqlanishi, belgilangan tartibda hisobga olinishi hamda ehtiyojdan kelib chiqib taqsimlanishi masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Deputat tomonidan dori-darmon ta’minoti masalasiga tanqidiy yondashilib, faqat mavjudlikning o‘zi emas, balki dori vositalarining bemorlarga o‘z vaqtida va belgilangan tartibda yetkazib berilishi, ehtiyojmand bemorlar murojaatlarining e’tiborsiz qoldirilmasligi yuzasidan mas’ullarga tegishli savollar berildi.
Shuningdek, muassasada aniqlanishi mumkin bo‘lgan kamchiliklarni yashirmasdan, ularni o‘z vaqtida bartaraf etish, dori-darmon ta’minotida uzilishlarga yo‘l qo‘ymaslik va bemorlar manfaatini birinchi o‘ringa qo‘yish zarurligi ta’kidlandi.
Mazkur o‘rganish O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida belgilangan fuqarolarning sog‘lig‘ini saqlash huquqini ta’minlash, shuningdek, xalq deputatining hududdagi ijtimoiy masalalarni o‘rganish, aholi manfaatlarini ifoda etish va aniqlangan muammolar yuzasidan tegishli tashkilotlar oldiga masalalar qo‘yish vakolatlari doirasida amalga oshirildi.
Deputat tomonidan shifoxona faoliyatidagi mavjud holat yuzasidan mas’ullarga aniq vazifalar va tavsiyalar berilib, dori-darmon bilan ta’minlash masalasi kelgusida ham deputatlik nazoratida bo‘lishi qayd etildi.

Slide 1 of 6