35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Zarbdor” mahallasidagi ishlar holati o‘rganildi
янв.21
32-maktabning yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
36-maktabda o'rganish olib borildi
янв.21
Ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar farzandlariga maktab kiyimlari topshirildi
янв.21
“Zarobod” saylov okrugidagi 6-son MTTda o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
41-maktabda yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
Biriktirilgan tashkilot faoliyati o‘rganildi
янв.21
“Yangiobod” mahalla idorasini ta’mirlash masalasi muhokama qilindi
янв.21
“Yangikent” mahallasidagi maktabning yangi o‘quv yiliga tayyorgarligi o‘rganildi
янв.21
Ta’lim muassasasidagi mavjud holat deputatlar e’tiborida
OLMAZOR TUMANI OBODONLASHTIRISH BOSHQARMASI FAOLIYATI O‘RGANILDI

 OLMAZOR TUMANI OBODONLASHTIRISH BOSHQARMASI FAOLIYATI O‘RGANILDI

📍 Xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashi raisi Sh.Umarxodjayeva, Kotibiyat bosh mutaxassisi U.Shopotixov hamda XDP partiyasi Olmazor tuman Kengash raisi X.Xamidov ishtirokida Olmazor tuman Obodonlashtirish boshqarmasiga tashrif buyurilib, sohadagi ishlar holati joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

🔎 O‘rganish davomida boshqarmaning hududlarni obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish, ko‘cha va ichki hududlarda sanitariya-tozalik ishlarini tashkil etish, yashil maydonlarni saqlash, daraxt va butalarni parvarishlash, shuningdek, mavsumiy obodonlashtirish ishlarini samarali tashkil etish borasidagi faoliyatiga alohida e’tibor qaratildi.

🌳 Shuningdek, tuman hududidagi mavjud yashil hududlarni asrab-avaylash, obodonlashtirish ishlarida zamonaviy yondashuvlardan foydalanish hamda mahallalarda aholi uchun yanada qulay va farovon muhit yaratish masalalari muhokama qilindi.

🛠 Tashrif davomida boshqarma tomonidan amalga oshirilayotgan ishlarning moddiy-texnik ta’minoti, mavjud texnika va maxsus transport vositalaridan foydalanish samaradorligi, ishchi-xodimlar uchun yaratilgan sharoitlar hamda hududlarda aniqlangan muammolarni tezkor bartaraf etish masalalari ham ko‘rib chiqildi.

🤝 Muloqot davomida obodonlashtirish sohasida uchrayotgan muammo va kamchiliklarni bartaraf etish, ishlarni tizimli tashkil etish, mas’ul xodimlarning hududlardagi faoliyatini kuchaytirish hamda aholining murojaatlariga tezkor munosabat bildirish yuzasidan fikr va takliflar almashildi.

📌 Ayniqsa, mahallalarda obodonlashtirish ishlarini kuchaytirish, hududlarning sanitariya holatini doimiy nazorat qilish, chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish, yashil maydonlarni asrash va mavsumiy ko‘kalamzorlashtirish ishlarini sifatli tashkil etish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

✅ O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan masalalarni bartaraf etish yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriq va tavsiyalar bildirildi. Mazkur yo‘nalishdagi ishlar kelgusida deputatlik nazorati doirasida ham izchil kuzatib borilishi belgilandi.

Slide 1 of 10