35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Gulzor” mahallasida “mahalla yettiligi” faoliyati o‘rganildi
янв.21
32-maktabning yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
Biriktirilgan tashkilot faoliyati o‘rganildi
янв.21
Ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar farzandlariga maktab kiyimlari topshirildi
янв.21
“Zarobod” saylov okrugidagi 6-son MTTda o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
41-maktabda yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
36-maktabda o'rganish olib borildi
янв.21
“Yangiobod” mahalla idorasini ta’mirlash masalasi muhokama qilindi
янв.21
“Yangikent” mahallasidagi maktabning yangi o‘quv yiliga tayyorgarligi o‘rganildi
янв.21
“Zarbdor” mahallasidagi ishlar holati o‘rganildi
Monomarkaz faoliyati o‘rganildi.

Xalq deputatlari Angor tumani Kengashi kotibiyati mudiri M. Yarmatov hamda Xalq deputatlari Angor tumani Kengashi 14-Kayran saylov okrugi deputati Primqulov Rustam tomonidan hududdagi Monomarkaz faoliyati o‘rganildi.
Tashrif davomida markazda fuqarolarga kasb-hunar o‘rgatish, ularning zamonaviy kasblarni egallashi va bandligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishildi.

Monomarkazda bir qator yo‘nalishlar bo‘yicha o‘quv kurslari tashkil etilgan bo‘lib, tinglovchilarga amaliy va nazariy bilimlar berilmoqda. Ayniqsa, yoshlarning kasb-hunar egallashi, o‘z qiziqish va qobiliyatiga mos yo‘nalishda ta’lim olishi hamda kelgusida mustaqil faoliyat yuritishi uchun yaratilgan imkoniyatlar muhim ahamiyat kasb etmoqda.
O‘rganish jarayonida o‘quv mashg‘ulotlarining sifati, mavjud shart-sharoitlar va tinglovchilar uchun yaratilgan imkoniyatlarga alohida e’tibor qaratildi.

Kasb-hunarga o‘rgatish — aholi bandligini ta’minlash, yoshlarni zamonaviy mehnat bozoriga tayyorlash va ularning kelajakdagi farovonligi uchun mustahkam poydevor yaratishning muhim omilidir.

Slide 1 of 3