35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Gulzor” mahallasida “mahalla yettiligi” faoliyati o‘rganildi
янв.21
“Zarobod” saylov okrugidagi 6-son MTTda o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
36-maktabda o'rganish olib borildi
янв.21
Ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar farzandlariga maktab kiyimlari topshirildi
янв.21
41-maktabda yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
“Zarbdor” mahallasidagi ishlar holati o‘rganildi
янв.21
Biriktirilgan tashkilot faoliyati o‘rganildi
янв.21
“Yangiobod” mahalla idorasini ta’mirlash masalasi muhokama qilindi
янв.21
“Yangikent” mahallasidagi maktabning yangi o‘quv yiliga tayyorgarligi o‘rganildi
янв.21
32-maktabning yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati o‘rganildi
Surxondaryolik tadbirkorlarga davlat mukofotlari va ko‘krak nishonlari topshirildi.

Prezidentimizning tegishli Farmoni va farmoyishiga muvofiq, mamlakatimiz iqtisodiy taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shib, tadbirkorlikni rivojlantirish, yangi ish o‘rinlari yaratish, ishlab chiqarish va eksport salohiyatini oshirish borasida samarali faoliyat olib borayotgan bir guruh surxondaryolik tadbirkorlar davlat mukofotlari hamda «Faol tadbirkor» ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.

Taqdirlash marosimida viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov ishtirok etib, mukofot sohiblarini samimiy muborakbod etdi. Ta’kidlanganidek, tadbirkorlarning tashabbuskorligi va fidokorona mehnati voha iqtisodiyotini rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash hamda xalq farovonligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Tadbir davomida 3 nafar yurtdoshimiz davlat mukofotlari, 8 nafari esa «Faol tadbirkor» ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi. «Do‘stlik» ordeni, «Jasorat» va «Shuhrat» medallari hamda «Faol tadbirkor» ko‘krak nishonlari o‘z egalariga tantanali ravishda topshirildi.

Mazkur tadbirda Xalq deputatlari Angor tumani Kengashi deputatlari ham faol ishtirok etdi. Jumladan, Xalq deputatlari Angor tumani Kengashi 18-Yangi turmush saylov okrugi deputati Sevara Yo‘ldosheva hamda 11-Navro‘z saylov okrugi deputati To‘rayev Norquvvat tadbirda ishtirok etdilar.Bunday e’tirof tadbirkorlarni yanada katta maqsadlar sari ruhlantirib, yangi loyihalarni amalga oshirish, qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratish va hududlar iqtisodiy salohiyatini yuksaltirishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 5