35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Gulzor” mahallasida “mahalla yettiligi” faoliyati o‘rganildi
янв.21
32-maktabning yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
Biriktirilgan tashkilot faoliyati o‘rganildi
янв.21
Ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar farzandlariga maktab kiyimlari topshirildi
янв.21
“Zarobod” saylov okrugidagi 6-son MTTda o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
41-maktabda yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
36-maktabda o'rganish olib borildi
янв.21
“Yangiobod” mahalla idorasini ta’mirlash masalasi muhokama qilindi
янв.21
“Yangikent” mahallasidagi maktabning yangi o‘quv yiliga tayyorgarligi o‘rganildi
янв.21
“Zarbdor” mahallasidagi ishlar holati o‘rganildi
19¹-modda: Deputatlik nazorati doirasida o‘rganish.

Xalq deputatlari Angor tumani Kengashi 11-Navro‘z saylov okrugi deputati To‘rayev Norquvvot Tadjimurodovich tomonidan hududdagi Tibbiyot birlashmasiga qarashli ko‘p tarmoqli kattalar poliklinikasining faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish davomida poliklinikada aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifati, bemorlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda tibbiyot xodimlarining murojaatlar bilan ishlash holatiga alohida e’tibor qaratildi.

Deputat tomonidan poliklinikaga tashrif buyurgan bemorlar bilan bevosita suhbat o‘tkazilib, ularning tibbiy xizmatlardan foydalanish jarayoni, shifokorlar va tibbiyot xodimlarining muomala madaniyati, xizmat ko‘rsatish sifati hamda mavjud muammolar yuzasidan fikrlari o‘rganildi.

Suhbatlar davomida fuqarolarning taklif va mulohazalari tinglanib, aholiga sifatli, qulay va o‘z vaqtida tibbiy xizmat ko‘rsatish muhimligi ta’kidlandi. Aniqlangan masalalarni bartaraf etish, bemorlar uchun qulay sharoitlarni yanada yaxshilash hamda tibbiy xizmatlar sifatini oshirish bo‘yicha mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.

Deputatlik nazorati doirasidagi mazkur o‘rganishdan ko‘zlangan asosiy maqsad — hudud aholisining sog‘liqni saqlash xizmatlaridan mamnunligini oshirish, mavjud muammolarni joyida aniqlash va ularning amaliy yechimini ta’minlashdan iborat.

Slide 1 of 3