35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Gulzor” mahallasida “mahalla yettiligi” faoliyati o‘rganildi
янв.21
“Zarobod” saylov okrugidagi 6-son MTTda o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
36-maktabda o'rganish olib borildi
янв.21
Ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar farzandlariga maktab kiyimlari topshirildi
янв.21
41-maktabda yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
“Zarbdor” mahallasidagi ishlar holati o‘rganildi
янв.21
Biriktirilgan tashkilot faoliyati o‘rganildi
янв.21
“Yangiobod” mahalla idorasini ta’mirlash masalasi muhokama qilindi
янв.21
“Yangikent” mahallasidagi maktabning yangi o‘quv yiliga tayyorgarligi o‘rganildi
янв.21
32-maktabning yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati o‘rganildi
19¹-modda

Xalq deputatlari Angor tumani Kengashi 11-Navro‘z saylov okrugi deputati To‘rayev Norquvvot To‘rayevich tomonidan hududdagi maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyati yuzasidan nazorat-tahlil tadbiri o‘tkazildi.

Nazorat tadbiri davomida ta’lim tashkilotida autsorsing tizimi asosida yo‘lga qo‘yilgan ovqatlanish jarayoni, bolajonlar uchun tayyorlanayotgan taomlarning belgilangan ratsionga muvofiqligi hamda oziq-ovqat mahsulotlari zaxirasi ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, mahsulotlarning saqlanish holati, oshxona faoliyati va ovqat tayyorlash jarayonlarida sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishi o‘rganildi.

Mazkur nazorat-tahlil jarayonida Xalq deputatlari Angor tumani Kengashi kotibiyati mudiri Yarmatov Muxiddin Nurxonovich ham faol ishtirok etdi. Mas’ullar bilan suhbatlar o‘tkazilib, tarbiyalanuvchilar uchun sog‘lom va xavfsiz ovqatlanish sharoitlarini ta’minlash, sanitariya qoidalariga qat’iy rioya qilish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Nazorat tadbirining asosiy maqsadi — hududdagi maktabgacha ta’lim tashkilotlarida yaratilgan sharoitlarni o‘rganish, bolajonlarning sifatli va xavfsiz ovqatlanishini ta’minlash holatini tahlil qilish hamda aniqlangan masalalar yuzasidan mas’ullar bilan amaliy muloqot olib borishdan iborat.

Deputatlik nazorati doirasidagi bunday o‘rganishlar maktabgacha ta’lim tashkilotlarida xizmatlar sifatini oshirish, sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishini ta’minlash va bolalar salomatligi uchun zarur sharoitlarni yanada yaxshilashga xizmat qiladi.

Slide 1 of 7