35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Gulzor” mahallasida “mahalla yettiligi” faoliyati o‘rganildi
янв.21
32-maktabning yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
Biriktirilgan tashkilot faoliyati o‘rganildi
янв.21
Ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar farzandlariga maktab kiyimlari topshirildi
янв.21
“Zarobod” saylov okrugidagi 6-son MTTda o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
41-maktabda yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
36-maktabda o'rganish olib borildi
янв.21
“Yangiobod” mahalla idorasini ta’mirlash masalasi muhokama qilindi
янв.21
“Yangikent” mahallasidagi maktabning yangi o‘quv yiliga tayyorgarligi o‘rganildi
янв.21
“Zarbdor” mahallasidagi ishlar holati o‘rganildi
Xalq deputatlari Sardoba tuman Kengashi

“Adolat” SDP Sardoba tumani Kengashi raisi B.Bekmurodov tomonidan “Biz dori-darmonlarning noqonuniy aylanmasiga qarshimiz” loyihasi doirasida Yangiqishloq mahallasida joylashgan Do‘stlik OShPning moddiy-texnik bazasi holati o‘rganildi.
O‘rganish davomida Do‘stlik OShP bosh hamshirasi Z.Jumakulova bilan birgalikda tibbiy muassasaning mavjud jihozlari, mebel va boshqa zarur shart-sharoitlari ko‘zdan kechirildi. Jarayonda muassasada stol-stullar yetishmasligi, qo‘shimcha va zamonaviy jihozlarga ehtiyoj mavjudligi aniqlandi.
Mazkur kamchiliklar aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifatini yana-da oshirish va tibbiyot xodimlari uchun zarur sharoitlarni yaratish nuqtai nazaridan muhokama qilindi.
Aniqlangan muammolarni bartaraf etish maqsadida tegishli tashkilotlarga murojaat qilish, mavjud masalalarni hal etish bo‘yicha amaliy yordam so‘rash hamda belgilangan tartibda deputatlik so‘rovi kiritish tartibi yuzasidan tushuntirishlar berildi.
Deputatlik nazorati doirasida aholi salomatligini muhofaza qilish, tibbiy muassasalarning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash hamda ularda zarur sharoitlarni yaratishga qaratilgan ishlar izchil davom ettiriladi.

Slide 1 of 4