35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Zarbdor” mahallasidagi ishlar holati o‘rganildi
янв.21
32-maktabning yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
36-maktabda o'rganish olib borildi
янв.21
Ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar farzandlariga maktab kiyimlari topshirildi
янв.21
“Zarobod” saylov okrugidagi 6-son MTTda o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
41-maktabda yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
Biriktirilgan tashkilot faoliyati o‘rganildi
янв.21
“Yangiobod” mahalla idorasini ta’mirlash masalasi muhokama qilindi
янв.21
“Yangikent” mahallasidagi maktabning yangi o‘quv yiliga tayyorgarligi o‘rganildi
янв.21
Ta’lim muassasasidagi mavjud holat deputatlar e’tiborida
19¹-modda Nazorat tadbirlari va tahlillar davom etmoqda.

Xalq deputatlari Angor tumani Kengashining 20-Do‘stlik saylov okrugi deputati Qulliyeva Orzigul tomonidan hududdagi 3-son oilaviy shifokorlik punktida navbatdagi nazorat tadbiri o‘tkazildi.

Nazorat tadbiri davomida muassasaning faoliyati, aholi uchun yaratilgan sharoitlar hamda tibbiy xizmatlar sifati deputat tomonidan atroflicha o‘rganildi. Jarayon davomida katta hamshira Xudoyberdiyeva Kumush tomonidan muassasadagi ro‘yxatga olish tizimi, fuqarolar qabuli va mavjud imkoniyatlar yuzasidan ma’lumot berildi.

Ta’kidlanganidek, bugungi kunda shifokor qabuli uchun 80 nafarga yaqin fuqaro ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lib, aholiga qulaylik yaratish maqsadida zamonaviy elektron navbat monitori tizimi joriy etilgani xizmat ko‘rsatish sifatini yanada oshirishga xizmat qilmoqda.

Shuningdek, deputat muassasaga tashrif buyurgan fuqarolar bilan suhbat olib borib, bepul dori-darmonlar bilan ta’minlash jarayonlari yuzasidan ularning fikr-mulohazalarini tingladi. Katta hamshira tomonidan aholiga 70 turdagi dori-darmonlar muntazam yetkazib berilayotgani haqida ma’lumot berildi.

Nazorat tadbiri davomida aniqlangan holatlar yuzasidan deputat tomonidan tegishli tavsiya va takliflar bildirilib, aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish masalasi deputat nazoratida ekani qayd etildi.

Slide 1 of 3