35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Zarbdor” mahallasidagi ishlar holati o‘rganildi
янв.21
32-maktabning yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
36-maktabda o'rganish olib borildi
янв.21
Ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar farzandlariga maktab kiyimlari topshirildi
янв.21
“Zarobod” saylov okrugidagi 6-son MTTda o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
41-maktabda yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
Biriktirilgan tashkilot faoliyati o‘rganildi
янв.21
“Yangiobod” mahalla idorasini ta’mirlash masalasi muhokama qilindi
янв.21
“Yangikent” mahallasidagi maktabning yangi o‘quv yiliga tayyorgarligi o‘rganildi
янв.21
Ta’lim muassasasidagi mavjud holat deputatlar e’tiborida
#Deputat_faoliyati #Sessiya_oldi_o‘rganishi #Haftalik_ish_rejaga_asosan

Mahallada kredit mablag‘laridan maqsadli foydalanish holati o‘rganildi
Navbatdagi sessiya kun tartibidagi Angor tumani mahalliy budjetining 2026-yil II chorak ijrosi masalasi yuzasidan sessiya oldi o‘rganishi doirasida Xalq deputatlari Angor tumani Kengashi 2–Xo‘jaqiya saylov okrugi deputati Javliyev Ravshan tomonidan hududdagi kredit mablag‘laridan foydalanish holati o‘rganildi. O‘rganishda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Mahliyo Choriyeva ham ishtirok etdi.

O‘rganish davomida mahallaga biriktirilgan bank agenti Mamatmurodova Zarnigor tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar, fuqarolarga ajratilgan imtiyozli kreditlarning maqsadli yo‘naltirilishi, chorvachilik va boshqa tadbirkorlik loyihalarining moliyalashtirilishi yuzasidan ma’lumotlar tahlil qilindi.
Shuningdek, ajratilgan kreditlarning o‘z vaqtida qaytarilishi, muddati o‘tgan qarzdorliklar, rasmiylashtirilgan dalolatnomalar hamda kredit oluvchilar ro‘yxati ko‘zdan kechirildi.
O‘rganish yakunida kredit mablag‘laridan samarali va maqsadli foydalanish, to‘lov intizomini mustahkamlash, mavjud qarzdorliklarni qisqartirish hamda aholi bilan tushuntirish ishlarini kuchaytirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

Mazkur sessiya oldi o‘rganishi orqali mahalliy budjet mablag‘laridan samarali foydalanish, tadbirkorlikni rivojlantirish, yangi ish o‘rinlari yaratish va aholi daromadlarini oshirishga qaratilgan ishlarning amaliy natijadorligi tahlil qilindi.

Slide 1 of 5