35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Zarbdor” mahallasidagi ishlar holati o‘rganildi
янв.21
32-maktabning yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
36-maktabda o'rganish olib borildi
янв.21
Ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar farzandlariga maktab kiyimlari topshirildi
янв.21
“Zarobod” saylov okrugidagi 6-son MTTda o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
41-maktabda yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
Biriktirilgan tashkilot faoliyati o‘rganildi
янв.21
“Yangiobod” mahalla idorasini ta’mirlash masalasi muhokama qilindi
янв.21
“Yangikent” mahallasidagi maktabning yangi o‘quv yiliga tayyorgarligi o‘rganildi
янв.21
Ta’lim muassasasidagi mavjud holat deputatlar e’tiborida
19¹-modda 🏫 Nazorat-tahlil tadbiri davom etmoqda

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati 21-Chinobod saylov okrugi deputati Gulorom Mamatova tomonidan hududdagi 3-son oilaviy shifokorlik punkti faoliyati nazorat tadbiri o‘tkazildi.

Nazorat-tahlil jarayonida muassasada olib borilayotgan ro‘yxatga olish ishlari zamonaviy kompyuter tizimlari orqali amalga oshirilayotgani, aholi qatlamining elektron bazaga kiritilish holati hamda tizimning amaliy samaradorligi ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, tibbiyot muassasasida faoliyat yuritayotgan “Fitobar” xonasi ish faoliyati ham o‘rganilib, unda mavjud bo‘lgan dorivor o‘simliklardan tayyorlangan damlamalar va dori vositalari haqida mas’ullar tomonidan batafsil ma’lumot berildi.

Tashrif davomida deputat tibbiyot xodimlari bilan ochiq muloqot o‘tkazib, ularning taklif va fikrlarini tingladi. Shuningdek, bemorlar bilan suhbatlashilib, ularga yaratilgan shart-sharoitlar hamda ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifati yuzasidan fikr almashildi.

O‘rganish yakunida depuatat tomonidan soha faoliyatini yanada takomillashtirish, xizmat sifatini oshirish hamda aholiga qulay sharoitlar yaratish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 2