35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Zarbdor” mahallasidagi ishlar holati o‘rganildi
янв.21
32-maktabning yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
36-maktabda o'rganish olib borildi
янв.21
Ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar farzandlariga maktab kiyimlari topshirildi
янв.21
“Zarobod” saylov okrugidagi 6-son MTTda o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
41-maktabda yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
Biriktirilgan tashkilot faoliyati o‘rganildi
янв.21
“Yangiobod” mahalla idorasini ta’mirlash masalasi muhokama qilindi
янв.21
“Yangikent” mahallasidagi maktabning yangi o‘quv yiliga tayyorgarligi o‘rganildi
янв.21
Ta’lim muassasasidagi mavjud holat deputatlar e’tiborida
#deputat_soʻrovi

Xalq deputatlari Angor tumani Kengashi deputati To‘rayev Norquvvat To‘rayevich tomonidan 11–Navro‘z saylov okrugi hududidagi Navro‘z mahallasi fuqarolari murojaati joyiga chiqib o‘rganildi.

O‘rganish davomida fuqarolar tomonidan Angor Zamin klasteri zavodi oldidagi yuzga yaqin daraxt uzoq vaqt sug‘orilmagani sababli qurib borayotgani, shuningdek, ariqlarga suv kelmayotgani oqibatida tomorqa yerlaridagi ekinlarni sug‘orishda jiddiy muammolar yuzaga kelayotgani aniqlandi. Mazkur holat aholi tomorqalaridan samarali foydalanishga salbiy ta'sir ko‘rsatayotgani ta'kidlandi.

Mazkur murojaat yuzasidan "Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida"gi Qonunning 5 va 8-moddalariga muvofiq, mas'ul tashkilotga deputatlik so‘rovi yuborildi hamda hududni sug‘orish suvi bilan ta'minlash, daraxtlarni saqlab qolish va tomorqalarga suv yetkazib berish choralarini ko‘rish so‘raldi.

Xalq deputatlari Angor tumani Kengashi deputatlari fuqarolar murojaatlarini joyida o‘rganish, ularning qonuniy yechim topishini ta'minlash hamda deputatlik nazoratini izchil davom ettiradi.

Slide 1 of 2