35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Zarbdor” mahallasidagi ishlar holati o‘rganildi
янв.21
32-maktabning yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
36-maktabda o'rganish olib borildi
янв.21
Ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar farzandlariga maktab kiyimlari topshirildi
янв.21
“Zarobod” saylov okrugidagi 6-son MTTda o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
41-maktabda yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
Biriktirilgan tashkilot faoliyati o‘rganildi
янв.21
“Yangiobod” mahalla idorasini ta’mirlash masalasi muhokama qilindi
янв.21
“Yangikent” mahallasidagi maktabning yangi o‘quv yiliga tayyorgarligi o‘rganildi
янв.21
Ta’lim muassasasidagi mavjud holat deputatlar e’tiborida
“Temiryo‘lchi” mahallasida hokim yordamchisi faoliyati tahlil qilindi
Shu maqsadda Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi kotibiyati mudiri, deputat A.Ashurov, Kengashning 1-“Temiryo‘lchi” saylov okrugi deputati X.Fayzullayev hamda kotibiyat bosh mutaxassisi A.Temirovlar “Temiryo‘lchi” mahallasida bo‘lib, hokim yordamchisining bugungi kundagi faoliyatini tahlil qildilar.

Mazkur jarayon “24 ta muhim yo‘nalish” doirasida tashkil etilib, mahallada amalga oshirilayotgan ishlar, aholi bilan ishlash holati, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar atroflicha ko‘rib chiqildi.

Jumladan, 4-ustuvor yo‘nalish doirasida hokim yordamchisining faoliyati, xususan, “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”gi O‘RQ–328-son Qonun talablari asosida olib borilayotgan ishlar tahlil qilindi.

O‘rganish davomida:

- aholini kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha manzilli ishlar;
- ishsiz fuqarolarni doimiy daromad manbalari bilan ta’minlash;
- tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagidagi fuqarolarni kredit, subsidiya va boshqa davlat dasturlariga jalb etish;
- oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish va yangi ish o‘rinlarini yaratish;
- xonadonbay ishlash tizimining samaradorligi hamda natijadorligi;
- aholi bilan ishlash jarayonida mavjud muammolar va ularning yechimlari atroflicha tahlil qilindi.

Shuningdek, mahalladagi mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish, aholi bandligini oshirish, tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda fuqarolarning daromadlarini ko‘paytirish borasidagi ishlarni yanada kuchaytirish yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

Mazkur o‘rganishlar deputatlik nazoratini kuchaytirish, mahalladagi muammolarni manzilli aniqlash va ularni amaliy hal etish, aholi farovonligini ta’minlashga qaratilgan ishlarning samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.