35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Zarbdor” mahallasidagi ishlar holati o‘rganildi
янв.21
32-maktabning yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
36-maktabda o'rganish olib borildi
янв.21
Ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar farzandlariga maktab kiyimlari topshirildi
янв.21
“Zarobod” saylov okrugidagi 6-son MTTda o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
41-maktabda yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
Biriktirilgan tashkilot faoliyati o‘rganildi
янв.21
“Yangiobod” mahalla idorasini ta’mirlash masalasi muhokama qilindi
янв.21
“Yangikent” mahallasidagi maktabning yangi o‘quv yiliga tayyorgarligi o‘rganildi
янв.21
Ta’lim muassasasidagi mavjud holat deputatlar e’tiborida
⚡️ ELEKTR TA’MINOTIDAGI MUAMMO YUZASIDAN DEPUTATLIK SO‘ROVI YUBORILDI

Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi deputati Xidiyatulina Rima Rashitovnaga Lutfiy mahallasi fuqarolari tomonidan elektr ta’minotidagi muammo yuzasidan murojaat kelib tushdi.

Murojaat asosida deputat Lutfiy mahallasi, Baynalminal ko‘chasi, 57-uy (Seul 57-uy) manziliga shaxsan borib, vaziyatni joyida o‘rgandi.

O‘rganish davomida elektr ta’minotidagi uzilishlar va kuchlanishning beqarorligi oqibatida elektr shitidagi kabel kuyib ketgani, muammoni vaqtincha bartaraf etish uchun esa kabel vaqtincha tortib o‘rnatilgani aniqlandi. Biroq elektr ta’minotidagi beqarorlik hanuzgacha saqlanib qolmoqda.

⚠️ Mazkur holat fuqarolar xavfsizligi va elektr tarmog‘ining barqaror ishlashi nuqtayi nazaridan jiddiy e’tibor talab etadi.

📄 Shu munosabat bilan deputat Xidiyatulina Rima Rashitovna tomonidan tegishli mas’ul tashkilotga deputatlik so‘rovi yuborildi.

So‘rovda elektr tarmog‘ini texnik jihatdan to‘liq o‘rganish, nosozlik sabablarini aniqlash, kuygan kabelni xavfsizlik talablariga muvofiq almashtirish, vaqtinchalik ulanishni bartaraf etish hamda elektr ta’minotini to‘liq va barqaror holatga keltirish so‘ralgan.

🇺🇿 Mazkur masala deputatlik nazoratiga olindi.

Slide 1 of 2