35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Zarbdor” mahallasidagi ishlar holati o‘rganildi
янв.21
32-maktabning yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
36-maktabda o'rganish olib borildi
янв.21
Ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar farzandlariga maktab kiyimlari topshirildi
янв.21
“Zarobod” saylov okrugidagi 6-son MTTda o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
41-maktabda yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
Biriktirilgan tashkilot faoliyati o‘rganildi
янв.21
“Yangiobod” mahalla idorasini ta’mirlash masalasi muhokama qilindi
янв.21
“Yangikent” mahallasidagi maktabning yangi o‘quv yiliga tayyorgarligi o‘rganildi
янв.21
Ta’lim muassasasidagi mavjud holat deputatlar e’tiborida
Uchtepa tumanida navbatdagi deputatlik so'rovi chiqarildi

#deputatlik_nazorati_Uchtepa #deputat_so'rovi

🇺🇿 Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashiga O'zLiDePdan saylangan "11-Taqachi" okrugi deputati Dusmuxamedova Saodat Maxirdjanovna tomonidan Uchtepa tumani hokimining qurilish, to‘siqlarsiz muhit yaratish, kommunikasiyalarni rivojlantirish, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari – tuman Obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘i Nurali Ismatovga navbatdagi deputatlik so'rovi chiqarildi.

📁 Ko‘rkamobod mahallasida o‘tkazilgan o‘rganishlar hamda fuqarolarning murojaatlarini inobatga olib, aholining sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlash, piyodalar uchun xavfsiz va qulay harakatlanish sharoitlarini yaratish hamda velosiped infratuzilmasini rivojlantirish maqsadida Ko‘rkamobod mahallasidagi 50-A-sonli ko‘p qavatli uy ortidan 58-sonli ko‘p qavatli uy ortigacha, TXAY yo‘liga parallel ravishda zamonaviy piyodalar va velosiped yo‘lagini barpo etish loyihasini 2027-yil tuman dasturiga kiritish hamda uni amalga oshirish zarurati mavjudligi qayd etilgan.

📈 Mazkur tashabbusni kelgusida Uchtepa mahallasidagi 64-sonli uy oldidan Shaftolizor mahallasining 5-Shoir proyezdi hududigacha yagona sog‘lomlashtirish va piyoda-velosiped yo‘lagi sifatida kengaytirish imkoniyatini ham ko‘rib chiqish maqsadga muvofiqligi, ushbu loyiha amalga oshirilishi natijasida tuman aholisi uchun piyoda yurish, velosipedda harakatlanish va jismoniy faollik bilan shug‘ullanishga mo‘ljallangan zamonaviy, xavfsiz va obodonlashtirilgan infratuzilma yaratilishi ta'kidlangan.

🗣 Yuqoridagilardan kelib chiqib, Ko‘rkamobod mahallasidagi 50-A–58-sonli ko‘p qavatli uylar oralig‘ida TXAY yo‘liga parallel ravishda piyodalar va velosiped yo‘lagini barpo etish loyihasini 2027-yil tuman dasturiga kiritish masalasini ko‘rib chiqib, uni amalga oshirishda amaliy yordam ko‘rsatish so‘ralmoqda.

🗣 Deputatlik so‘rovida ko‘tarilgan masala yuzasidan o‘rganish natijalari hamda amalga oshiriladigan ishlar bo‘yicha 10 kun muddatda asoslantirilgan ma’lumot taqdim etish talabi qo‘yilgan. Mazkur masala deputat tomonidan nazoratga olingan.

Slide 1 of 1