35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Zarbdor” mahallasidagi ishlar holati o‘rganildi
янв.21
32-maktabning yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
36-maktabda o'rganish olib borildi
янв.21
Ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar farzandlariga maktab kiyimlari topshirildi
янв.21
“Zarobod” saylov okrugidagi 6-son MTTda o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
41-maktabda yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
Biriktirilgan tashkilot faoliyati o‘rganildi
янв.21
“Yangiobod” mahalla idorasini ta’mirlash masalasi muhokama qilindi
янв.21
“Yangikent” mahallasidagi maktabning yangi o‘quv yiliga tayyorgarligi o‘rganildi
янв.21
Ta’lim muassasasidagi mavjud holat deputatlar e’tiborida
“Issiqlik energiyasidan foydalanish qoidalari” ijrosi yuzasidan deputat so‘rovi yuborildi

Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi deputati Maxmudova Donoxon Artikovna O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 22-avgustdagi 245-son qarori bilan tasdiqlangan “Issiqlik energiyasidan foydalanish qoidalari” ijrosi yuzasidan deputat so‘rovini yubordi.

Mazkur deputat so‘rovi saylov okrugi hududida istiqomat qiluvchi fuqarolardan kelib tushgan murojaatlar asosida bo'lib, ko‘p kvartirali uylarda markazlashtirilgan issiqlik ta’minoti va issiq suv yetkazib berish xizmatlari sifati, belgilangan harorat me’yorlariga rioya etilishi hamda tizimdagi texnik nosozliklar bilan bog‘liq holatlarni o‘rganishga qaratilgan.

Deputat tomonidan “VEOLIA ENERGY TASHKENT” MChJ rahbari nomiga yuborilgan so‘rovda qaror talablari ijrosi yuzasidan tegishli ma’lumotlarni qonunchilikda belgilangan muddatda taqdim etish so‘ralgan.

Saylovchilar murojaatlarining ijrosi va ularning qonuniy manfaatlarini ta’minlash deputat faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lib qolmoqda.

Slide 1 of 3