35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Zarbdor” mahallasidagi ishlar holati o‘rganildi
янв.21
32-maktabning yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
36-maktabda o'rganish olib borildi
янв.21
Ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar farzandlariga maktab kiyimlari topshirildi
янв.21
“Zarobod” saylov okrugidagi 6-son MTTda o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
41-maktabda yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
Biriktirilgan tashkilot faoliyati o‘rganildi
янв.21
“Yangiobod” mahalla idorasini ta’mirlash masalasi muhokama qilindi
янв.21
“Yangikent” mahallasidagi maktabning yangi o‘quv yiliga tayyorgarligi o‘rganildi
янв.21
Ta’lim muassasasidagi mavjud holat deputatlar e’tiborida
Daraxtga e’tibor — ekologik mas’uliyat, obod mahalla — farovon hayot

Yurtimizda “Mahalla obodligi va mehr-saxovat oyligi” doirasida hududlarni obodonlashtirish, yashil maydonlarni asrab-avaylash va atrof-muhitga mas’uliyatli munosabatni kuchaytirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Ushbu ezgu maqsadlardan kelib chiqib, xalq deputatlari Chilonzor tuman Kengashi deputati Xusainov Alisher Abduvahobovich tomonidan Chilonzor tumani “Al-Xorazmiy” MFY hududidagi yashil maydonlar holati o‘rganildi.
O‘rganish davomida ayrim daraxtlarning tag qismlari beton bilan qoplanganligi aniqlandi.
Bu holat daraxt ildizlarining namlik va havo olishi hamda sog‘lom rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
Mazkur holatni bartaraf etish maqsadida deputat tashabbusi bilan amaliy ishlar tashkil etilib, daraxtlarning beton bilan qoplangan tag qismlari ochildi, atrofi tozalanib, tartibga keltirildi.
Natijada daraxtlarning erkin rivojlanishi uchun qulay sharoit yaratilib, “Al-Xorazmiy” MFY hududining ekologik va estetik qiyofasi yanada yaxshilandi.
Shuningdek, bu kabi amaliy ishlar deputatlik faoliyatining muhim jihatini — hududni muntazam o‘rganish, mavjud muammolarni o‘z vaqtida aniqlash va ularni amaliy choralar orqali bartaraf etish tamoyilini namoyon etadi.
Zero, har bir asrab-avaylangan daraxt — tabiatga e’tibor, har bir obod hudud esa ekologik farovonlik sari qo‘yilgan muhim qadamdir.

Slide 1 of 6