35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Zarbdor” mahallasidagi ishlar holati o‘rganildi
янв.21
32-maktabning yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
36-maktabda o'rganish olib borildi
янв.21
Ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar farzandlariga maktab kiyimlari topshirildi
янв.21
“Zarobod” saylov okrugidagi 6-son MTTda o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
41-maktabda yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
Biriktirilgan tashkilot faoliyati o‘rganildi
янв.21
“Yangiobod” mahalla idorasini ta’mirlash masalasi muhokama qilindi
янв.21
“Yangikent” mahallasidagi maktabning yangi o‘quv yiliga tayyorgarligi o‘rganildi
янв.21
Ta’lim muassasasidagi mavjud holat deputatlar e’tiborida
Xalq deputatlari Shirin shahar Kengashi

Xalq deputatlari Shirin shahar Kengashi deputati Alimova Nasiba Bozorboyevna tomonidan Farhod mahallasida joylashgan mahalla yettiligi, umumta’lim maktablari va kasb-hunar kollejlari faoliyati atroflicha o‘rganildi.

🗞 O‘rganish jarayonida mahalladagi hokim yordamchilari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlarning samaradorligi, ayniqsa, aholini kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha olib borilayotgan chora-tadbirlar tahlil qilindi.

🖊Shuningdek, mahalla hududidagi aholining bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, yoshlar, ayniqsa, bolalar uchun yaratilgan sport infratuzilmalari — sport inshootlari, maktab va kollejlardagi sport zallari, ulardagi mavjud sport anjomlari, ularning texnik holati va foydalanish darajasi batafsil ko‘zdan kechirildi.

🟢 Umumta’lim maktablarining o‘quv-tarbiya jarayoniga yaratilgan shart-sharoitlar, o‘quvchilarning darsdan bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish uchun tashkil etilgan to‘garaklar faoliyati, shuningdek, kollejlarning moddiy-texnik bazasi, amaliy mashg‘ulotlarga ajratilgan xonalar holati ham deputat nazoratining asosiy yo‘nalishlaridan biri bo‘ldi.

📌 O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan kamchiliklar joyida muhokama qilinib, tegishli mutasaddi tashkilotlarga ularni bartaraf etish yuzasidan aniq tavsiyalar va topshiriqlar berildi.

Slide 1 of 3