35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Zarbdor” mahallasidagi ishlar holati o‘rganildi
янв.21
32-maktabning yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
36-maktabda o'rganish olib borildi
янв.21
Ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar farzandlariga maktab kiyimlari topshirildi
янв.21
“Zarobod” saylov okrugidagi 6-son MTTda o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
41-maktabda yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
Biriktirilgan tashkilot faoliyati o‘rganildi
янв.21
“Yangiobod” mahalla idorasini ta’mirlash masalasi muhokama qilindi
янв.21
“Yangikent” mahallasidagi maktabning yangi o‘quv yiliga tayyorgarligi o‘rganildi
янв.21
Ta’lim muassasasidagi mavjud holat deputatlar e’tiborida
Xotin-qizlar bilan ochiq muloqot: huquq, salomatlik va faollik

Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashiga Oʻzbekiston Ekologik partiyasidan saylangan deputat Abduraxmanova Nafisa Alimovna “Keneges” OFY 5-Xamza saylov okrugi hududida “Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni (O‘RQ-561-son, 2019-yil 2-sentabr) ijrosi yuzasidan mahalladagi xotin-qizlar bilan uchrashuv o‘tkazdi.

🤝 Muloqot davomida xotin-qizlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, zo‘ravonlikning oldini olish hamda bunday holatlarni barvaqt aniqlash masalalari yuzasidan fikr almashildi.

⚖️ Suhbatda zo‘ravonlikning turlari, undan himoyalanish imkoniyatlari, xotin-qizlarning huquq va majburiyatlari hamda mahalla yettiligi tomonidan olib borilayotgan profilaktik ishlar haqida tushuntirishlar berildi.

🩺 Shuningdek, reproduktiv salomatlikni asrash, bu borada ayollarning huquqiy va tibbiy savodxonligini oshirish masalalariga ham e’tibor qaratildi.

🌿 Uchrashuvda “Mahallada obodlik va mehr-oqibat oyligi” doirasidagi vazifalar ham muhokama qilinib, hududni obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish va mavjud muammolarni hamjihatlikda hal etishda xotin-qizlarning faol ishtirokini kuchaytirish bo‘yicha targ‘ibot-tushuntirish ishlari olib borildi.

💬 Muloqot davomida ayollarning fikr va mulohazalari tinglanib, mahallada sog‘lom, xavfsiz va mehr-oqibatli muhitni mustahkamlash yuzasidan takliflar bildirildi.

Slide 1 of 1