35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Zarbdor” mahallasidagi ishlar holati o‘rganildi
янв.21
32-maktabning yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
36-maktabda o'rganish olib borildi
янв.21
Ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar farzandlariga maktab kiyimlari topshirildi
янв.21
“Zarobod” saylov okrugidagi 6-son MTTda o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
41-maktabda yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
Biriktirilgan tashkilot faoliyati o‘rganildi
янв.21
“Yangiobod” mahalla idorasini ta’mirlash masalasi muhokama qilindi
янв.21
“Yangikent” mahallasidagi maktabning yangi o‘quv yiliga tayyorgarligi o‘rganildi
янв.21
Ta’lim muassasasidagi mavjud holat deputatlar e’tiborida
AHOLINI TASHVISHGA SOLGAN GAPGA OYDINLIK KIRITILDI

 📍 Qo‘shko‘pir tumanida gaz jihozlariga texnik xizmat ko‘rsatish, xizmat haqi undirilishi va to‘lov amalga oshirilmagan taqdirda gaz ta’minotini to‘xtatish masalalari deputatlik nazoratiga olindi. 

So‘nggi kunlarda Mehnatobod va Ilgaldi mahallalarida yashovchi fuqarolardan
Xalq deputatlari Qo‘shko‘pir tuman Kengashiga murojaatlar kelib tushdi. 

Fuqarolarni tashvishga solayotgan asosiy savol quyidagicha: 

❗️ “Xonadonimizdagi gaz jihozlari texnik ko‘rikdan o‘tkazilgani uchun to‘lov qilishimiz shartmi? Agar
to‘lovni amalga oshirmasak, 2–3 kun ichida gazimiz tarmoqdan uziladimi?”
 

Aholining murojaatlarida “ENERGO DIGIT” MChJ xodimlari tomonidan xonadonlardagi gaz jihozlari ko‘zdan
kechirilayotgani, texnik va servis xizmatlari ko‘rsatilayotgani hamda buning uchun to‘lov undirilayotgani qayd etilgan. Ayrim hollarda esa to‘lov amalga oshirilmasa, gaz tarmog‘idan uzilishi mumkinligi haqida ogohlantirishlar
berilayotgani bildirilgan. 

Mazkur holat fuqarolarda haqli savollar va xavotirlarni keltirib chiqargani sababli masala 9-Sherobod
saylov okrugidan saylangan deputat Erkinov Azizbek Qahramonovich

tomonidan deputatlik nazoratiga olindi va ijobiy hal qilindi.  

Slide 1 of 1