35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Zarbdor” mahallasidagi ishlar holati o‘rganildi
янв.21
32-maktabning yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
36-maktabda o'rganish olib borildi
янв.21
Ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar farzandlariga maktab kiyimlari topshirildi
янв.21
“Zarobod” saylov okrugidagi 6-son MTTda o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
41-maktabda yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
Biriktirilgan tashkilot faoliyati o‘rganildi
янв.21
“Yangiobod” mahalla idorasini ta’mirlash masalasi muhokama qilindi
янв.21
“Yangikent” mahallasidagi maktabning yangi o‘quv yiliga tayyorgarligi o‘rganildi
янв.21
Ta’lim muassasasidagi mavjud holat deputatlar e’tiborida
Kengash_faoliyati

#biriktirilgan_tashkilot
#deputat_faoliyati
#kotibiyat_xodimi_faoliyati
#162_ta_Qonunlar_ijrosi

Bandixon tumanida deputatlik nazorati: 19-maktabda 2,7 mlrd so‘mlik yangi o‘quv binosi qurilishi o‘rganildi

Bandixon tumanida ta’lim infratuzilmasini yaxshilash, olis hududlardagi ta’lim muassasalarining moddiy-texnik bazasini modernizatsiya qilish hamda O‘zbekiston Respublikasining "Ta’lim to‘g‘risida"gi Qonuni talablarini amaliyotga tatbiq etish borasida tizimli deputatlik nazorati amalga oshirilmoqda.

Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashiga 16-Qaldirg‘och saylov okrugidan saylangan deputat D.Qudratovga biriktirilgan tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi B.Qurbonov Qaldirg‘och MFYda joylashgan 19-sonli umumta’lim maktabida bo‘lib, yangi bino qurilishining borishini o‘rgandi.

Ma’lumki, maktabning amaldagi binolari 1982 va 2008-yillarda qurilgan bo‘lib, sig‘im va zamonaviy talablarga to‘liq javob bermay kelayotgan edi. Ushbu infratuzilma muammosini hal etish maqsadida umumiy qiymati 2,7 milliard so‘m bo‘lgan, 180 o‘ringa mo‘ljallangan yangi zamonaviy o‘quv binosi barpo etilmoqda.

O‘rganish davomida qurilish ishlarining sifati va belgilangan muddatlarda topshirilishi yuzasidan pudratchi tashkilot va soha mas’ullariga tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 4