35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Zarbdor” mahallasidagi ishlar holati o‘rganildi
янв.21
32-maktabning yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
36-maktabda o'rganish olib borildi
янв.21
Ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar farzandlariga maktab kiyimlari topshirildi
янв.21
“Zarobod” saylov okrugidagi 6-son MTTda o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
41-maktabda yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
Biriktirilgan tashkilot faoliyati o‘rganildi
янв.21
“Yangiobod” mahalla idorasini ta’mirlash masalasi muhokama qilindi
янв.21
“Yangikent” mahallasidagi maktabning yangi o‘quv yiliga tayyorgarligi o‘rganildi
янв.21
Ta’lim muassasasidagi mavjud holat deputatlar e’tiborida
Obod mahalla — obod ko‘cha, obod xonadon!

Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi deputatlari tomonidan hududlarda aholi bilan bevosita muloqot qilish, ularning murojaat va muammolarini joyiga chiqqan holda o‘rganish, shuningdek, mahallalarda obodonlashtirish va tozalikni ta’minlashga qaratilgan ishlar izchil davom ettirilmoqda.
Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi deputati Yo‘ldoshova Oyimjon Kurvonnozarovna tomonidan Kengashning tasdiqlangan haftalik ish rejasiga muvofiq Royat mahallasida o‘rganish ishlari olib borildi.
O‘rganish ishlari “Obod mahalla — obod ko‘cha, obod xonadon” shiori ostida tashkil etilib, mahalladagi sanitariya va obodonlashtirish holatiga alohida e’tibor qaratildi.
Xususan, maishiy va qattiq chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqib ketish, ko‘chalar va umumiy foydalanishdagi hududlarda tozalikni ta’minlash, har bir xonadon atrofi va hovli-joylarini obodonlashtirish masalalari yuzasidan aholi bilan suhbatlar o‘tkazildi.
Shuningdek, ko‘chalarda va xonadonlar atrofida tozalikni saqlash, chiqindilarni belgilangan joylarga tashlash, yashash hududlarini ozoda va ko‘rkam saqlash bo‘yicha fuqarolarga tushuntirish va targ‘ibot ishlari olib borildi.
O‘rganish davomida aholi murojaatlari ham tinglanib, fuqarolar tomonidan bildirilgan muammolar tegishli tartibda o‘rganildi. Hal etish imkoniyati mavjud bo‘lgan masalalar bo‘yicha amaliy ko‘mak ko‘rsatildi, qo‘shimcha o‘rganish talab etadigan murojaatlar esa nazoratga olindi.
Obodlik va tozalik — har bir xonadondan, har bir ko‘chadan boshlanadi. Zero, obod mahalla — farovon va munosib hayot garovidir!

Slide 1 of 3