35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Zarbdor” mahallasidagi ishlar holati o‘rganildi
янв.21
32-maktabning yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
36-maktabda o'rganish olib borildi
янв.21
Ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar farzandlariga maktab kiyimlari topshirildi
янв.21
“Zarobod” saylov okrugidagi 6-son MTTda o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
41-maktabda yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
Biriktirilgan tashkilot faoliyati o‘rganildi
янв.21
“Yangiobod” mahalla idorasini ta’mirlash masalasi muhokama qilindi
янв.21
“Yangikent” mahallasidagi maktabning yangi o‘quv yiliga tayyorgarligi o‘rganildi
янв.21
Ta’lim muassasasidagi mavjud holat deputatlar e’tiborida
Muammolar yechimi o‘rganildi

 Muammolar yechimi o‘rganildi 

Xalq deputatlari Qo‘shko‘pir tuman Kengashi deputati Manzura Artiqova rahbarligida
Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy
komissiya tomonidan tuman mahallalaridagi xotin-qizlar faollari ishtirokida
ishchi guruh tuzilib, “Ayollar daftari”ning 7-bosqichiga kiritilgan
xotin-qizlarning muammolarini hal etish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar
o‘rganildi.
 

O‘rganish davomida 2026-yilning 6 oyi mobaynida “Ayollar daftari”ga kiritilgan
xotin-qizlarning individual dasturlarida belgilangan chora-tadbirlarning
ijrosi, ularning muammolarini manzilli hal etish borasida amalga oshirilgan
ishlar hamda erishilgan natijalarga alohida e’tibor qaratildi.
 

Jumladan, xotin-qizlarni ish bilan ta’minlash, kasb-hunarga o‘qitish, tadbirkorlik
faoliyatini yo‘lga qo‘yish va daromad manbalarini yaratish, shuningdek,
ijtimoiy va huquqiy ko‘mak ko‘rsatish borasidagi ishlarning samaradorligi
tahlil qilindi. Muammolarni shunchaki ro‘yxatga olish bilan cheklanib
qolmasdan, ularni amaliy va manzilli hal etish zarurligi ta’kidlandi.