35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Zarbdor” mahallasidagi ishlar holati o‘rganildi
янв.21
32-maktabning yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
36-maktabda o'rganish olib borildi
янв.21
Ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar farzandlariga maktab kiyimlari topshirildi
янв.21
“Zarobod” saylov okrugidagi 6-son MTTda o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
41-maktabda yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
Biriktirilgan tashkilot faoliyati o‘rganildi
янв.21
“Yangiobod” mahalla idorasini ta’mirlash masalasi muhokama qilindi
янв.21
“Yangikent” mahallasidagi maktabning yangi o‘quv yiliga tayyorgarligi o‘rganildi
янв.21
Ta’lim muassasasidagi mavjud holat deputatlar e’tiborida
Ko‘libolo va Oxshix qishloqlarida elektr ta’minoti masalasi deputat nazoratida

Aholini elektr energiyasi bilan barqaror va sifatli ta’minlash bugungi kunda mahallalardagi eng muhim masalalardan biri hisoblanadi. Shu bois xalq deputatlari mahalliy Kengashlari deputatlari tomonidan saylovchilar murojaatlarida ko‘tarilayotgan muammolarni o‘rganish va ularning yechimini ta’minlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.
🇺🇿Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashiga 8-Oxshix saylov okrugidan saylangan deputat X. Xodjayyev tomonidan O‘zbekiston Respublikasining 07.08.2024 yildagi “Elektr energetikasi to‘g‘risida”gi O‘RQ-939-sonli Qonuni ijrosini ta’minlash maqsadida Ko‘libolo va Oxshix qishloqlaridagi elektr ta’minoti bilan bog‘liq muammolar o‘rganildi.
👉O‘rganishlar davomida aholini elektr energiyasi bilan ta’minlashda mavjud ayrim muammolar, xususan, ta’minot barqarorligi bilan bog‘liq masalalarga e’tibor qaratildi. Saylovchilarning murojaat va takliflari asosida mazkur muammolarni bartaraf etish, elektr ta’minoti sifatini yaxshilash bo‘yicha mas’ul tashkilotlar oldiga aniq vazifalar qo‘yish zarurligi ta’kidlandi.
Shu munosabat bilan deputat X. Xodjayyev tomonidan Ko‘libolo va Oxshix qishloqlaridagi elektr ta’minoti muammolarini bartaraf etish yuzasidan tuman elektr ta’minoti korxonasi rahbari O. Usmonov nomiga deputatlik so‘rovi yuborildi.
🇺🇿Deputatlik so‘rovida aholi uchun muhim bo‘lgan elektr ta’minoti masalalarini atroflicha o‘rganish, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish hamda elektr energiyasini uzluksiz va sifatli yetkazib berish bo‘yicha amaliy choralar ko‘rish so‘raldi.
👉Mazkur masalaning ijrosi deputat tomonidan nazoratga olinib, aholi murojaatlarida ko‘tarilayotgan muammolarning amaliy yechimiga erishishga alohida e’tibor qaratiladi.

Slide 1 of 4