35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Buyuk kelajak” mahallasida tadbirkorlik faoliyati o‘rganildi
янв.21
“Zarbdor” mahallasida fuqarolar murojaatlari o‘rganildi
янв.21
“Qorasuv” mahallasida jamg‘arma mablag‘larini yo‘naltirish bo‘yicha taklif o‘rganildi
янв.21
“Karmaki” mahallasida “mahalla yettiligi” faoliyati o‘rganildi
янв.21
"Yangiobod" mahaallasida tuman Kengashi qarori ijrosi o'rganildi
янв.21
15-maktabning yangi o‘quv yiliga tayyorgarligi o‘rganildi
янв.21
“Yangi O‘zbekiston massivi” loyihasi doirasidagi yo‘l ishlari o‘rganildi
янв.21
"Navro'z" mahallasida 22-sonli maktabning yangi o‘quv yiliga tayyorgarligi o‘rganildi
янв.21
“Kunchiqish” mahallasida bunyodkorlik ishlari o‘rganildi
янв.21
Biriktirilgan tashkilot faoliyati hamda Qonun ijrosi o'rganildi
2027-YIL DASTURLARIGA DEPUTAT TAKLIFLARI ILGARI SURILMOQDA

2027-YIL DASTURLARIGA DEPUTAT TAKLIFLARI ILGARI SURILMOQDA

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputatlari tomonidan 2027-yilda amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan hududiy rivojlantirish dasturlariga aholi murojaatlari va hududlardagi dolzarb ehtiyojlardan kelib chiqib takliflar kiritilmoqda.

🗣 14-Sharq Yulduzi saylov okrugi deputati Dusmuratov Nodir Nuriddinovich tomonidan quyidagi ustuvor takliflarni berdi:

🔹 Nov Chandir mahallasida aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash maqsadida yangi ichimlik suvi inshootini qurish va mazkur loyihani 2027-yil dasturiga kiritish. Hozirgi vaqtda mahallada birorta ham ichimlik suvi inshooti mavjud emas.

🔹 Parcha Chandir mahallasida joylashgan 29-son umumta’lim maktabi binosini kapital ta’mirlash.

🔹 Mangitobod mahallasi hamda Temirxo‘ja mahallasini bog‘lovchi yirik suv arig‘ining 10 kilometr qismini betonlashtirish.

🔹 Parcha Qora mahallasidagi Oq uylar hududining 250 metr ichki yo‘lini asfaltlashtirish.