Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Kunchiqish” mahallasida yashil hududlar va issiqxonalar rivoji bilan tanishuv
янв.21
Deputatlar mahalladagi taraqqiyot va ijtimoiy o‘zgarishlar bilan tanishdi
янв.21
“Bog‘iston” mahallasida mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Aholi murojaatlari asosida “Istiqlol” mahallasida o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
Mahalla muammolari joyida tinglandi
янв.21
Prezident qarori ijrosi doirasida “Kunchiqish” mahallasidagi loyihalar joyida o‘rganildi
янв.21
Deputatlar tomonidan “Istara” mahallasida chorvachilik loyihasi ijrosi joyida o‘rganildi
янв.21
"Zarbdor" mahallasida mahalla yettiligi faoliyati joyida o‘rganildi
янв.21
Senat Kengashi qaror ijrosi yuzasidan “Oqjar” mahallasida nazorat o‘rganishlari o‘tkazildi
янв.21
Hududlarni rivojlantirish bo‘yicha belgilangan vazifalar ijrosi deputatlar e’tiborida
14-yanvar - Vatan himoyachilari kuni

Hurmatli Vatan himoyachilari, Qurolli kuchlarimiz faxriylari!

Sizlarni O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil topganining 33 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan samimiy muborakbod etamiz.

Mard va olijanob xalqimiz o‘z muqaddas qasamyodiga sodiq bo‘lib, xizmat burchini sharaf bilan ado etayotgan siz zabardast, bahodir va dovyurak harbiylarimiz bilan hamisha faxrlanadi.

Bayram munosabati bilan, xalq deputatlari viloyat Kengashi jamoasi Siz azizlarni, sizlar orqali oila a’zolaringizni Qurolli Kuchlarimiz tashkil etilganining 33 yilligi va Vatan himoyachilari kuni bilan yana bir bor chin qalbdan tabriklab, barchangizga mustahkam sog‘liq, oilaviy baxt, sharafli va mas’uliyatli xizmat vazifangizda ulkan zafarlar tilaydi.

Vatanimiz sarhadlari tinch, xalqimiz turmushi farovon, chegaralarimiz mustahkam bo‘lsin!

Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashi

Slide 1 of 1