Mahalla muammolari joyida tinglandi
💬Qabul davomida mahalla fuqarolari tomonidan turli yo‘nalishlardagi dolzarb masalalar yuzasidan murojaatlar bildirildi. Jumladan, ichki yo‘llarni ta’mirlash, ichimlik suvi ta’minoti, ijtimoiy yordam masalalari, shuningdek ayrim kommunal xizmatlar sifati bo‘yicha taklif va shikoyatlar tinglandi.
✏️Har bir murojaat yuzasidan deputat va mas’ullar tomonidan joyida tushuntirishlar berilib, tezkor hal etilishi mumkin bo‘lgan masalalar bo‘yicha tegishli tashkilotlar bilan bog‘lanish choralari ko‘rildi. Qo‘shimcha o‘rganishni talab etadigan murojaatlar deputatlik nazoratiga olinib, ularni hal etish yuzasidan mutasaddi idoralarga so‘rovlar kiritish va ijrosini nazorat qilish belgilandi.
🫥 Ushbu sayyor qabul aholi bilan ochiq muloqot o‘rnatish, muammolarni joyida aniqlash va ularni manzilli hal etish borasida muhim amaliy qadam bo‘ldi.
Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram (https://www.instagram.com/xalqdep_qiziriqtumani_kengashi?utm_source=qr&igsh=MjJ2OG4xOTh0dHY3) | Facebook (https://www.facebook.com/?ref=homescreenpwa) | E-kengash (https://kengash.gov.uz/qiziriq) |Instagram (https://www.instagram.com/xalqdep_qiziriqtumani_kengashi?utm_source=qr&igsh=MjJ2OG4xOTh0dHY3)