35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
"Takiya ota" ziyoratgohida olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari deputat nazoratida
янв.21
Biriktirilgan tashkilot faoliyati va qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
Yoshlar siyosati yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
Biriktirilgan tashkilot faoliyati va qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
Mahalla yettiligi faoliyati va infratuzilma loyihalari o‘rganildi
янв.21
Sessiya kun tartibidagi masala hamda xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi
янв.21
Hududdagi infratuzilma loyihalari bilan tanishildi
янв.21
Deputat so‘rovi ijrosi joyida o‘rganildi
янв.21
Sessiya kun tartibiga kiritilgan masala hamda Qonun ijrosi yuzasidan o'rganish o'tkazildi
янв.21
Deputat nazorati: PQ–393-son qarori ijrosi joyida o‘rganildi
Kengash_faoliyati

Bandixon tumanining "Qaldirg‘och" mahallasida amalga oshirilayotgan obodonlashtirish ishlari o‘rganildi

Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashi deputatlari D.Qudratov hamda I.Xalmatovlar tomonidan "Yangi O‘zbekiston qiyofasi" dasturi doirasida Bandixon tumanidagi "Qaldirg‘och" mahallasida  amalga oshirilayotgan obodonlashtirish ishlari yuzasidan nazorat-tahlil tadbiri o‘tkazildi.

Tadbir davomida mahalla guzari qurilishining borishi, qurilish ishlarining sifati, yaratilayotgan shart-sharoitlar hamda obyektni belgilangan muddatlarda foydalanishga topshirish masalalari atroflicha o‘rganildi. Shuningdek, Deputatlar mas'ul mutasaddilari bilan amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan fikr almashilib, mavjud masalalar muhokama qilindi.

Shuningdek, "Yangi O‘zbekiston" dasturi doirasida "Bandixon" mahallasi PK-49 obyekti bo‘yicha 12,9 milliard so‘m mablag‘ ajratilgan. Mazkur loyiha asosida 75V089 "Oybek q – Bandixon Shreder ilmiy tadqiqot xo'jaligi" avtomobil yo'lining Bandixon, Bahoriston, Gulbog' va Qaldirg'och mahallalari hududidan o'tuvchi 13 kilometrlik qismida yo‘llar asfalt qoplamasini yotqizishga tayyorlanmoqda.

Bundan tashqari, mahalla hududida olib borilayotgan obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish va sanitariya holatini yaxshilashga qaratilgan ishlar ham ko‘zdan kechirildi. Hududni yanada obod va fayzli maskanga aylantirish, aholi uchun qulay sharoitlar yaratish borasidagi ishlarning izchil davom ettirilishi yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

Deputatlik nazorati davomida "Yangi O‘zbekiston qiyofasi" dasturi doirasida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari belgilangan reja asosida sifatli va o‘z vaqtida yakunlanishi muhimligi alohida ta'kidlandi.

Slide 1 of 7