35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Zarbdor” mahallasidagi ishlar holati o‘rganildi
янв.21
32-maktabning yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
36-maktabda o'rganish olib borildi
янв.21
Ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar farzandlariga maktab kiyimlari topshirildi
янв.21
“Zarobod” saylov okrugidagi 6-son MTTda o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
41-maktabda yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
Biriktirilgan tashkilot faoliyati o‘rganildi
янв.21
“Yangiobod” mahalla idorasini ta’mirlash masalasi muhokama qilindi
янв.21
“Yangikent” mahallasidagi maktabning yangi o‘quv yiliga tayyorgarligi o‘rganildi
янв.21
Ta’lim muassasasidagi mavjud holat deputatlar e’tiborida
«Darband» mahallasida profilaktika inspektori faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyatining kunlik ish rejasiga muvofiq mahallalarda kompleks o‘rganishlar davom etmoqda.

Shu munosabat bilan Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashiga 9-«Darband» saylov okrugidan saylangan deputat Ramazonov Muzaffar Xolmirzayevich hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Sh.Shoymardonov hamkorligida «Darband» mahallasida bo‘lib, profilaktika inspektorining jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklarning oldini olish borasidagi faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish davomida hududda fuqarolar xavfsizligini ta’minlash, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, profilaktik hisobda turgan shaxslar bilan olib borilayotgan ishlar, shuningdek, oilaviy nizolarning oldini olish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, yoshlar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilik profilaktikasi, tungi reyd tadbirlari hamda aholi o‘rtasida huquqiy targ‘ibot ishlarining samaradorligi ham baholandi.

O‘rganish yakunida profilaktika ishlari samaradorligini yanada oshirish, jamoat xavfsizligini mustahkamlash va huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha tegishli tavsiyalar hamda takliflar berildi.

Slide 1 of 1