35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Zarbdor” mahallasidagi ishlar holati o‘rganildi
янв.21
32-maktabning yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
36-maktabda o'rganish olib borildi
янв.21
Ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar farzandlariga maktab kiyimlari topshirildi
янв.21
“Zarobod” saylov okrugidagi 6-son MTTda o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
41-maktabda yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
Biriktirilgan tashkilot faoliyati o‘rganildi
янв.21
“Yangiobod” mahalla idorasini ta’mirlash masalasi muhokama qilindi
янв.21
“Yangikent” mahallasidagi maktabning yangi o‘quv yiliga tayyorgarligi o‘rganildi
янв.21
Ta’lim muassasasidagi mavjud holat deputatlar e’tiborida
Deputat ichimlik suvi tarmog‘i qurilishi sifatini o‘rgandi

Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi deputati G.Xusanova tomonidan 2-Konchi saylov okrugi hududida joylashgan Mash’al mahallasidan Nurobod tumani Sog‘liqni saqlash bo‘limini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash maqsadida tortilayotgan suv tarmog‘i qurilish ishlari joyiga chiqib o‘rganildi.

O‘rganish davomida amalga oshirilayotgan qurilish-montaj ishlarining sifati, loyiha talablariga muvofiqligi hamda ishlarning belgilangan muddatlarda bajarilish holati bilan yaqindan tanishildi.

Shuningdek, mas’ul mutaxassislar bilan muloqot qilinib, ichimlik suvi tarmog‘ini barpo etish jarayonida qurilish sifati va belgilangan texnik me’yorlarga qat’iy rioya etish yuzasidan tavsiyalar berildi.

Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi deputatlari tomonidan hududlarda amalga oshirilayotgan infratuzilma loyihalarini deputatlik nazorati tartibida o‘rganish, qurilish ishlari sifatini monitoring qilish hamda aholiga yaratilayotgan shart-sharoitlarni yanada yaxshilashga qaratilgan ishlar izchil davom ettirilmoqda.

Slide 1 of 2