35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Buyuk kelajak” mahallasida tadbirkorlik faoliyati o‘rganildi
янв.21
“Zarbdor” mahallasida fuqarolar murojaatlari o‘rganildi
янв.21
“Qorasuv” mahallasida jamg‘arma mablag‘larini yo‘naltirish bo‘yicha taklif o‘rganildi
янв.21
“Karmaki” mahallasida “mahalla yettiligi” faoliyati o‘rganildi
янв.21
"Yangiobod" mahaallasida tuman Kengashi qarori ijrosi o'rganildi
янв.21
15-maktabning yangi o‘quv yiliga tayyorgarligi o‘rganildi
янв.21
“Yangi O‘zbekiston massivi” loyihasi doirasidagi yo‘l ishlari o‘rganildi
янв.21
"Navro'z" mahallasida 22-sonli maktabning yangi o‘quv yiliga tayyorgarligi o‘rganildi
янв.21
“Kunchiqish” mahallasida bunyodkorlik ishlari o‘rganildi
янв.21
Biriktirilgan tashkilot faoliyati hamda Qonun ijrosi o'rganildi
Yoshlar bandligi va kelajagi – e'tibor markazida

#Hamkorlik_faoliyati

Yoshlar bandligi va kelajagi – e'tibor markazida

🇺🇿 Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi raisi Ismanov Jafar Xodjimuratovich hamda kotibiyat mudiri Usmanov Anvar Baxramovich tomonidan tuman hokimligi bilan hamkorlikda navbatdagi fuqarolar qabuli tashkil etildi.

🎓 Uchrashuvda Uchtepa tumanidagi umumta'lim maktablarini tamomlab, hozirda oliy ta'lim muassasalariga o‘qishga hujjat topshirmagan yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.

💼 Qabulning asosiy maqsadi yoshlarning bandligini ta'minlash, ularni doimiy ish o‘rinlariga yo‘naltirish, kasb-hunarga o‘qitish hamda mavjud imkoniyat va imtiyozlar haqida batafsil ma'lumot berishdan iborat bo‘ldi.

🤝 Muloqot davomida 15 dan ziyod yoshlarning murojaat va takliflari tinglanib, ularning bandligini ta'minlash hamda kelgusidagi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash yuzasidan mas'ullarga tegishli ko'rsatmalar berildi hamda qabul jarayoning o'zida 2 nafar yoshlarni ishga joylashtirildi.

📈 Yoshlarning munosib kelajagini ta'minlash, ularning bandligini oshirish va hayotda o‘z o‘rnini topishiga ko‘maklashish borasidagi bunday uchrashuvlar izchil davom ettiriladi.

Slide 1 of 4