35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
"Takiya ota" ziyoratgohida olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari deputat nazoratida
янв.21
Biriktirilgan tashkilot faoliyati va qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
Yoshlar siyosati yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
Biriktirilgan tashkilot faoliyati va qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
Mahalla yettiligi faoliyati va infratuzilma loyihalari o‘rganildi
янв.21
Sessiya kun tartibidagi masala hamda xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi
янв.21
Hududdagi infratuzilma loyihalari bilan tanishildi
янв.21
Deputat so‘rovi ijrosi joyida o‘rganildi
янв.21
Sessiya kun tartibiga kiritilgan masala hamda Qonun ijrosi yuzasidan o'rganish o'tkazildi
янв.21
Deputat nazorati: PQ–393-son qarori ijrosi joyida o‘rganildi
Kengash_faoliyati

#kunlik_ish_reja_ijrosi
#kotibiyat_xodimi_faoliyati
#deputat_faoliyati
#24_ta_masala

Bandixon tumani hududida suv resurslaridan oqilona foydalanish, sug‘orish tizimidagi yo‘qotishlarni kamaytirish hamda qishloq xo‘jaligi samaradorligini oshirishga qaratilgan keng ko‘lamli ishlar izchil davom etmoqda.

So‘nggi yillarda suv tanqisligi global muammoga aylanib borayotgan bir sharoitda, mavjud suv manbalarini asrash va ulardan tejamkorlik bilan foydalanish har qachongidan ham muhim ahamiyat kasb etmoqda. Shu maqsadda tumanda aniq reja va amaliy chora-tadbirlar asosida sug‘orish infratuzilmasini yaxshilash ishlari olib borilmoqda.

Mazkur ishlar O‘zbekiston Respublikasining "Suv va suvdan foydalanish to‘g‘risida"gi Qonuni talablariga muvofiq amalga oshirilmoqda. Ushbu qonunda suv resurslaridan oqilona va tejamkor foydalanish, sug‘orish tarmoqlarini samarali boshqarish hamda suv yo‘qotishlarini kamaytirish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida belgilangan.

Shu maqsadda, Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashiga 8-"Birdamlik" saylov okrugidan saylangan deputat Rajabov Botir Jo‘rayevichga biriktirilgan tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi E. Eshonqulov tomonidan "Birdamlik" mahallasida deputatlik nazorati doirasida navbatdagi o‘rganish ishlari olib borildi.

Bandixon tumanida ichki ariqlar va kanallarni betonlash ishlari jadallik bilan amalga oshirilmoqda. Mazkur ishlar suvning yerga singib ketishi va ortiqcha yo‘qotilishini oldini olish, suv oqimini tartibga solish hamda ekin maydonlarini barqaror suv bilan ta’minlashga xizmat qilmoqda.

Bu kabi ishlar nafaqat suv infratuzilmasini yaxshilash, balki amaldagi qonunchilikda belgilangan suv resurslarini muhofaza qilish va ulardan samarali foydalanish talablarini hayotga tatbiq etishda ham muhim ahamiyat kasb etadi.

Ayni paytda betonlash ishlari tumanning "Birdamlik" mahallasi hududidagi ichki ariqlarda davom ettirilmoqda. Mazkur loyihalarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi ustidan deputatlik nazorati izchil olib borilib, amalga oshirilayotgan ishlarning amaldagi qonunchilik talablariga muvofiqligi o‘rganilmoqda.

Betonlashtirilgan kanallar orqali:

✅Suv yo‘qotilishi keskin kamayadi;
✅Sug‘orish samaradorligi ortadi;
✅ Ekin maydonlari o‘z vaqtida va yetarli miqdorda suv bilan ta’minlanadi;
✅ Hosildorlik oshadi;
✅ Fermer va dehqonlarning daromadi ko‘payadi.

Bugun amalga oshirilayotgan har bir bunyodkorlik va yangilanish ishlari — inson manfaatlari, xalqimizning farovon va osoyishta hayoti uchun xizmat qiladi. Hududlarda infratuzilmani yaxshilash orqali kelajak avlodlar uchun mustahkam poydevor yaratilmoqda.

Slide 1 of 6