Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
PQ-454-sonli qaror ijrosi: 22-sonli maktabdagi mukammal ta’mirlash ishlari o‘rganildi
янв.21
“Buyuk kelajak” mahallasida aholi bandligini ta’minlash va tadbirkorlikni rivojlantirish ishlari o‘rganildi
янв.21
Deputat va mahalla yettiligi hamkorligi
янв.21
Xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashi raisi J.Xudoyqulova tumandagi “Bog‘bonlar yurti” mahallasida bo‘lib, mahalla hokim yordamchisi hamda yoshlar yetakchisi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.
янв.21
Davlat xizmatlari markazida fuqarolarga xizmat ko‘rsatilishi holati
янв.21
Mahalladagi ijtimoiy xodim tomonidan aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalariga ko‘rsatiladigan xizmatni sifatli tashkil etilishi, kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam tayinlash va to‘lash holatlari deputat nazoratida
янв.21
Xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashi deputati S.Abdishukurov tumandagi “Bog‘bonlar yurti” mahallasida hokim yordamchisi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini o‘rgandi.
янв.21
Hududlarni rivojlantirish bo‘yicha belgilangan vazifalar ijrosi deputatlar e’tiborida
янв.21
"Qorasuv" mahallasida fuqarolar qabuli o‘tkazildi
янв.21
Hokim yordamchisi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi, xususan aholini kambag‘allikdan chiqarish ishlari o'rganildi
KENGASH FAOLIYATI :

KENGASH FAOLIYATI : 

Xalq deputatlari Jarqo‘rg‘on tumani Kengashining navbatdagi to'rtinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiya kun tartibiga 8 ta masala kiritilgan bo'lib:

1. Jarqo‘rg‘on tumanining 2025-yilgi mahalliy budjetini tasdiqlash; 

 2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kambag‘allikdan farovonlik sari” PQ-330-sonli Qaroriga asosan Jarqo‘rg‘on tumanidagi og‘ir maxallalari infratuzilmasini yaxshilash bo‘yicha amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan tumanda tanlangan eng og‘ir Yangiturmush, Neftchilar, Uzumzor, Oftobqo‘rg‘on va Xalqabod mahallalarning infratuzilmasini yaxshilash bo‘yicha shakllantirilgan loyihalarning manzilli ro‘yxatini tasdiqlash;

3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 31-martdagi 145-sonli qarori ijrosini ta’minlash shuningdek ijtimoiy ahvoli va turmush sharoiti og‘ir, ishsiz va ijtimoiy faol bo‘lmagan xotin-qizlar bilan “Ayollar daftari”ni yuritish orqali ishlash tizimini yanada takomillashtirish maqsadida tuman hokimining o‘rinbosari, Oila va xotin qizlar bo‘limi boshlig‘i F.Ravshanova tomonidan 2024-yil davomida amalga oshirilgan ishlari to‘g‘risidagi hisobot va ma'ruzalarini tinglab, sessiyada muhokama qilib va deputatlar tomonidan bildirilgan taklif, fikr-mulohazalarni inobatga oliib tegishli qarorlar qabul qilindi va tasdiqlandi. 

Kun tartibidagi qolgan 5 ta masala xalq deputatlari tuman Kengashining tegishli doimiy komissiyalarida ko'rib chiqilb, doimiy komissiya qarori tasdiqlash uchun sessiya kun tartibiga kiritildi. 

 📌 Sessiyaning to'liq ishini Kengashning youtube sahifasi orqali kuzatishingiz mumkun.

✍️Xalq deputatlari Jarqo‘rg‘on tumani Kengashi kotibiyati 

Slide 1 of 1