Mahalladagi ijtimoiy xodim tomonidan aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalariga ko‘rsatiladigan xizmatni sifatli tashkil etilishi, kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam tayinlash va to‘lash holatlari deputat nazoratida
Xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashi deputati A. Xolmo‘minov “Kunchiqish” mahallasida bo‘lib, mahalladagi ijtimoiy xodim faoliyatini joyida o‘rgandi. Tashrif davomida aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalariga ko‘rsatilayotgan xizmatlarning tashkil etilishi va amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.
Jumladan, kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam tayinlash, hujjatlarni rasmiylashtirish hamda to‘lovlarni amalga oshirish jarayonlari tahlil qilindi. Ijtimoiy xodim tomonidan yuritilayotgan hujjatlar, reestrlar va hisobotlar bilan tanishilib, ularning qonunchilik talablariga muvofiqligi o‘rganildi.
Shuningdek, deputat ehtiyojmand oilalar yashash manzillariga chiqib, ularning ijtimoiy ahvoli hamda ko‘rsatilayotgan yordamning samaradorligi bilan bevosita tanishdi. Fuqarolar bilan suhbat davomida mavjud muammolar va takliflar tinglandi.
O‘rganish yakunida ijtimoiy xizmatlar samaradorligini oshirish, yordamlarning manzilliligini ta’minlash hamda ehtiyojmand oilalar bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.
Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram (https://www.instagram.com/xalqdep_qiziriqtumani_kengashi?utm_source=qr&igsh=MjJ2OG4xOTh0dHY3) | Facebook (https://www.facebook.com/?ref=homescreenpwa) | E-kengash (https://kengash.gov.uz/qiziriq) |Instagram (https://www.instagram.com/xalqdep_qiziriqtumani_kengashi?utm_source=qr&igsh=MjJ2OG4xOTh0dHY3)