Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Qonun ijrosi o'rganildi

Xalq deputatlari Narpay tumani Kengashi deputati N.Shomurzayev o‘z saylov okrugidagi Qoziyoqli mahallasida bo‘lib, mahalla yoshlar yetakchisi tomonidan O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 14-sentabrda qabul qilingan “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi O‘RQ-406-son Qonuni ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.

O‘rganish davomida qonun talablaridan kelib chiqib, yoshlarning huquq va qonuniy manfaatlarini ta’minlash, ularning bandligini oshirish, kasb-hunarga o‘qitish hamda tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash borasida olib borilayotgan ishlar tahlil qilindi.

O‘rganish yakunida “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonun talablarining joylarda to‘liq va samarali ijro etilishini ta’minlash, yoshlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish hamda ularning jamiyat hayotidagi faolligini yanada oshirish muhimligi ta’kidlandi.

Slide 1 of 1