35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Hududdagi infratuzilma loyihalari bilan tanishildi
янв.21
Biriktirilgan tashkilot faoliyati va qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
Yoshlar siyosati yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
Biriktirilgan tashkilot faoliyati va qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
Mahalla yettiligi faoliyati va infratuzilma loyihalari o‘rganildi
янв.21
Sessiya kun tartibidagi masala hamda xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi
янв.21
"Takiya ota" ziyoratgohida olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari deputat nazoratida
янв.21
Deputat so‘rovi ijrosi joyida o‘rganildi
янв.21
Sessiya kun tartibiga kiritilgan masala hamda Qonun ijrosi yuzasidan o'rganish o'tkazildi
янв.21
Deputat nazorati: PQ–393-son qarori ijrosi joyida o‘rganildi
#_munosabat

Mamlakatimizda aholining turmush darajasini yanada yuksaltirish, fuqarolarning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish hamda daromadlarini izchil oshirib borish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.
Prezidentimiz tomonidan qabul qilingan qarorga muvofiq, 2026 yil 1 iyuldan pensiya va nafaqalar, 1 sentabrdan esa budjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi hamda stipendiyalar 7 foizga oshirilishi, shuningdek, bazaviy hisoblash miqdorining 440 ming so‘m, mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining esa oyiga 1 million 360 ming so‘m etib belgilanishi aholi farovonligini ta’minlash yo‘lidagi yana bir muhim qadamdir.
Ushbu o‘zgarishlar, avvalo, pensionerlar, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar, davlat tashkilotlari xodimlari, yoshlar hamda talabalarning moddiy ta’minotini yaxshilashga xizmat qiladi. Ayniqsa, iqtisodiy islohotlar jarayonida aholining real daromadlarini saqlab qolish va xarid qobiliyatini mustahkamlashda bunday chora-tadbirlar muhim ahamiyat kasb etadi.
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi deputati sifatida mazkur qaror mamlakatimizda "Inson qadri uchun" tamoyilining amaliy ifodasi ekanini alohida ta’kidlamoqchiman. Davlatimiz tomonidan aholining turli qatlamlarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan bunday tashabbuslar yurtdoshlarimizning ertangi kunga bo‘lgan ishonchini yanada mustahkamlaydi.
Bugungi kunda iqtisodiyotni barqaror rivojlantirish bilan bir qatorda, aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash choralari ham izchil davom etmoqda. Bu esa mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning inson manfaatlariga xizmat qilayotganining yorqin dalilidir.
Biz, mahalliy Kengash deputatlari ham, mazkur qarorlarning mazmun-mohiyatini aholiga keng tushuntirish, ularning ijrosi yuzasidan jamoatchilik nazoratini ta’minlash hamda fuqarolarning murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish borasida faol ishtirok etamiz.
Ishonchim komilki, aholi daromadlarini oshirishga qaratilgan mazkur choralar xalqimiz farovonligini yanada yuksaltirish, ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash va Yangi O‘zbekiston taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shadi.