Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishida dolzarb masalalar muhokama qilindi
янв.21
“Madad” NNT bilan hamkorlikda fuqorolar qabuli
янв.21
Surxondaryo suv ta’minoti AJ Qiziriq tumani filialida qonun ijrosi va hamkorlik masalalari o‘rganildi
янв.21
"Qishloqozon" mahallasida xotin-qizlar bilan ishlash tizimi o‘rganildi
янв.21
"Takiya" mahallasida obodonlashtirish ishlari o‘rganildi
янв.21
Mahallada hokim yordamchisi va xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi
янв.21
Maktabgacha ta’lim muassasasida nazorat-tahlil tadbiri o‘tkazildi
янв.21
Mahallada hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Nazorat tahlil tadbiri olib borildi
янв.21
Mahallada amalga oshirilayotgan qurilish va infratuzilma ishlari bilan tanishildi
Maktab kutubxonasi holati o‘rganildi

Xalq deputatlari Dehqonobod tuman Kengashi kotibiyati mudiri G‘. Xo‘jamqulov, 17-Ayridevol saylov okrugidan saylangan deputat B. Mengliyev, tuman Kengashi deputatlari N. Bozorov va D. Hayitova hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassislari T. Mardonov va B. Panjiyev tomonidan Ayridevol mahallasida joylashgan 34-maktab kutubxonasining faoliyati hamda moddiy-texnik ta’minoti o‘rganildi.

O‘rganish davomida kutubxona fondi, kitoblarning saqlanish holati, o‘quvchilar uchun yaratilgan sharoitlar hamda kitoblar bilan ta’minlanganlik darajasi ko‘zdan kechirildi. Maktab direktori tomonidan ayni vaqtda kutubxona fondida ayrim badiiy adabiyotlar yetishmasligi, bu esa o‘quvchilarning mutolaaga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirishda muayyan qiyinchiliklarni yuzaga keltirayotgani ta’kidlandi.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha mazkur masala yuzasidan amaliy tashabbus ilgari surildi. Xususan, 17-Ayridevol saylov okrugidan saylangan deputat B. Mengliyev tomonidan maktab kutubxonasini boyitish maqsadida 100 ta badiiy kitoblar to‘plamini olib berish tashabbusi bildirildi.

Mazkur tashabbus ta’lim muassasasida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, o‘quvchilarning badiiy adabiyotga bo‘lgan qiziqishini oshirish hamda kutubxona fondini yanada boyitishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 5