Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

"Xalqobod" mahallasi yettiligi faoliyati o‘rganildi

"Xalqobod" mahallasi yettiligi faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashi raisi J.Xudoyqulova, tuman Kengashi deputati Q.Igamberdiyeva hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi J.Donayevlar "Xalqobod" mahallasiga tashrif buyurib, mahalla yettiligi faoliyati bilan tanishdilar.

Tashrif davomida mahallada aholi bilan ishlash, ijtimoiy muammolarni o‘z vaqtida aniqlash va bartaraf etish, kambag‘allikni qisqartirish, bandlikni ta’minlash hamda mahalla tizimida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan mas'ullar bilan suhbat o‘tkazildi.

Shuningdek, mahalla yettiligi faoliyati samaradorligini yanada oshirish, mavjud muammolarni mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram

Slide 1 of 3