Mahallada o'rganish hamda fuqarolar qabuli o‘tkazildi
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri K.Muhammadiyev “Takiya” mahallasida bo‘lib, mahalla yettiligi faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
Tashrif davomida mahallada aholi muammolarini o‘rganish, ijtimoiy masalalarni hal etish, fuqarolar bilan ishlash hamda mahalla yettiligi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar holati ko‘zdan kechirildi.
Mahalla faollari bilan suhbatlashilib, hududdagi mavjud muammolar va ularni bartaraf etish yuzasidan fikr almashildi.
Shuningdek, mahalla fuqarolar yig‘ini binosida murojaat bilan kelgan fuqarolar uchun qabul o‘tkazildi. Qabul davomida fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaat va takliflar tinglanib, ularning mazmun-mohiyati yuzasidan tegishli tushuntirishlar berildi.
Ko‘tarilgan masalalarni hal etish bo‘yicha tegishli tashkilotlarga murojaatlar kiritish, ijrosini nazoratga olish hamda amaliy yordam ko‘rsatish yuzasidan zarur chora-tadbirlar belgilandi.
Fuqarolar bilan ochiq muloqot qilish va ularning murojaatlariga yechim topish borasidagi ishlar izchil davom ettirilishi ta’kidlandi.
Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram