Fuqaro murojaati joyiga chiqib o‘rganildi
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati J.Donayev hamda tuman Kengashi deputati, tuman Ma’naviyat va ma’rifat bo‘linmasi rahbari I.Qurbonovlar birgalikda J.Donayevning saylov okrugiga qarashli “Oqjar” mahallasida bo‘lib, fuqaro tomonidan kelib tushgan murojaatni joyiga chiqib o‘rgandilar.
O‘rganish davomida murojaatda ko‘tarilgan masalalar yuzasidan fuqaro bilan suhbat o‘tkazilib, muammoning kelib chiqish sabablari va uni bartaraf etish imkoniyatlari atroflicha muhokama qilindi. Shuningdek, murojaat mazmunidan kelib chiqib, tegishli mas’ullar bilan fikr almashildi.
Murojaatda bayon etilgan masalani qonunchilik doirasida hal etish yuzasidan tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirish, zarur hollarda mas’ul tashkilotlarga deputatlik so‘rovi yuborish hamda ijrosini nazoratga olish bo‘yicha kelishib olindi.
Fuqarolar murojaatlari bilan ishlash, ularning muammolarini o‘z vaqtida o‘rganish va amaliy yordam ko‘rsatish deputatlar faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri ekani ta’kidlandi.
Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram