“Ochiq budjet” loyihasi ijrosi bo‘yicha o‘rganish o‘tkazildi
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri K.Muhammadiyev hamda tuman Kengashi deputati N. Alimovlar tomonidan “Yangi hayot” MFY hududida joylashgan Qiziriq tumani tibbiyot birlashmasiga qarashli 40-oilaviy poliklinika binosini to‘liq rekonstruksiya qilish bo‘yicha “Ochiq budjet” loyihasi ijrosi o‘rganildi.
O‘rganish jarayonida mazkur obyekt bo‘yicha belgilangan ishlar hozirgi kunga qadar boshlanmaganligi aniqlanib, buning sabablari yuzasidan mas’ullardan tegishli axborotlar olinishi rejalashtirildi.
Shuningdek, loyiha ijrosini tezlashtirish, ishlarni belgilangan muddatlarda sifatli amalga oshirish hamda fuqarolar murojaatlari va ehtiyojlarini inobatga olish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.
O‘rganish yakunlari bo‘yicha masala nazoratga olindi.
Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram