Mahallada hokim yordamchisi va ijtimoiy xodim faoliyati o‘rganildi
Xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi A.Mamarajabov o‘ziga biriktirilgan deputat A.Ergashev hududidagi “Yangikent” mahallasida bo‘lib, mahalla hokim yordamchisi hamda ijtimoiy xodim faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
O‘rganish davomida aholi bandligini ta’minlash, kambag‘allikni qisqartirish, tadbirkorlikni rivojlantirish, fuqarolarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar bilan olib borilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.
Shuningdek, mahalla fuqarolarining muammolarini o‘rganish, ularni hal etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar, davlat tomonidan ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar sifati va manzilliligini ta’minlash borasidagi ishlar yuzasidan mas’ullar bilan suhbat o‘tkazildi.
Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram
#A_Mamarajabov