Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Bog‘bonlar yurti” mahallasida mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Deputatlar tomonidan gaz ta’minoti va energiya samaradorligi masalalari o‘rganildi
янв.21
Kambag‘allikni qisqartirish va aholi bandligini ta’minlash borasidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi doimiy komissiyalarining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdagi 22-sessiyasi bo'lib o'tdi
янв.21
Ichimlik suvi bilan bog‘liq muammolar joyida o‘rganildi
янв.21
Mahallada yoshlar va ijtimoiy himoya yo‘nalishidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
"Do'stlik" mahallasida mahalla faoliyati va yoshlar bandligi masalalari o'rganildi
янв.21
Deputat va mahalla raisi qabriston infratuzilmasini ko‘zdan kechirdi
янв.21
Fuqarolar qabuli o‘tkazildi
DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI TO‘G‘RISIDA

Yig‘ilishda doimiy komissiya raisi, komissiya a’zolari, tuman Kengashi kotibiyati xodimlari hamda mas’ul tashkilotlar vakillari ishtirok etdilar. 

Yig‘ilish kun tartibiga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 20-oktabrdagi “Aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan ishonchli himoya qilish sohasini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish to‘g‘risida”gi PF–185-son Farmoni ijrosi yuzasidan tumanda amalga oshirilayotgan ishlar holati muhokama qilindi. 

Masala yuzasidan hisobot tinglanib, Farmonda belgilangan vazifalarning ijrosini ta’minlash, favqulodda vaziyatlarning oldini olish, aholi va hududlar xavfsizligini mustahkamlash, shuningdek, sohada mavjud muammo va kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi. 

Muhokamalar yakunida mazkur masala bo‘yicha tegishli qaror loyihasi ishlab chiqilib, uni Xalq deputatlari Oltinsoy tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritish hamda sessiyada ko‘rib chiqish uchun tavsiya etish to‘g‘risida qaror qabul qilindi. 

Yig‘ilish yakunida Farmon ijrosini samarali tashkil etish, belgilangan vazifalarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi ustidan deputatlik nazoratini kuchaytirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati

🕊Telegram 💬Facebook 🌐E-kengash 📸Instagram ▶️YouTube 🌐 oltinsoy.uz

Slide 1 of 10