Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Aholi murojaatlari asosida ichimlik suvi ta’minoti ishlari o‘rganildi
янв.21
Deputatlar hududdagi bunyodkorlik va ishlab chiqarish loyihalari bilan tanishdi
янв.21
Qiziriq tumani Kengashi faoliyati samaradorligi o‘rganildi
янв.21
Deputat ishtirokida ustozlarga ehtirom ko‘rsatildi
янв.21
“Rabotak” mahallasida ko‘p qavatli uylar qurilishi jarayonlari o‘rganildi
янв.21
“Yetimqum” mahallasida qurilishi yakunlanayotgan xususiy shifoxona faoliyati bilan tanishildi
янв.21
Deputat A.Xolmo‘minov mahalla aholisi bilan ochiq muloqot o‘tkazdi
янв.21
“Karmaki” mahallasida o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
Fuqorolar murojaati deputat e'tiborida
янв.21
Deputat tomonidan tibbiyot muassasasidagi holat o‘rganildi
“Mahalla yettiligi” bilan hamkorlik – hududiy muammolar yechimining muhim omili

#deputatlar_nazorati #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati  

❗️“Mahalla yettiligi” bilan hamkorlik – hududiy muammolar yechimining muhim omili

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi kotibiyati mudiri Davronbek Ravshanbekov hamda Shayxontohur tuman Kengashi kotibiyati mudiri Nematilla Karimov tomonidan Shayxontohur tumanidagi Zangiota mahallasida “mahalla yettiligi” a’zolari bilan uchrashuv tashkil etildi. Muloqot davomida hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi murojaatlarini tizimli hal etish hamda mahalladagi dolzarb masalalarni manzilli bartaraf etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.

📝 Unda dastlab O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 14-yanvardagi KQ-35-V-sonli qarori — “Hududlarni rivojlantirish hamda aholi muammolarini hal etishda mahalliy Kengashlar deputatlari va senatorlarning “mahalla yettiligi” bilan o‘zaro hamkorligini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorining mazmun-mohiyati atroflicha ko‘rib chiqildi. Mazkur qaror asosida “Mahalla yettiligi – Kengash – Senat” uch bo‘g‘inli hamkorlik tizimini amaliyotda samarali yo‘lga qo‘yish, hududlardagi muammolarni aniqlash, ularni sessiyalar kun tartibiga olib chiqish va ijrosini qat’iy nazorat qilish mexanizmlariga alohida e’tibor qaratildi.

🔎 Uchrashuv davomida Zangiota mahallasidagi infratuzilma, aholi bandligi, yoshlar masalalari, ijtimoiy xizmatlar sifati, obodonlashtirish, ichki yo‘llar holati hamda fuqarolar tomonidan ko‘tarilayotgan dolzarb masalalar “mahalla yettiligi” a’zolari ishtirokida batafsil muhokama qilindi. Har bir yo‘nalish bo‘yicha mavjud vaziyat tahlil qilinib, muammolarni hal etishda deputatlik nazorati, jamoatchilik ishtiroki va mutasaddi tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlikni yanada kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi.

🤝 Shuningdek, mahalla fuqarolar yig‘ini faoliyatini yanada takomillashtirish, “mahalla yettiligi”ning joylardagi tashabbuskorligini qo‘llab-quvvatlash, aholi bilan muloqotni kuchaytirish hamda hududdagi masalalarni bosqichma-bosqich yechishga qaratilgan aniq chora-tadbirlar belgilab olindi.

🔺 Yakunda qayd etilganidek, mahalliy Kengashlar, senatorlar va “mahalla yettiligi” o‘rtasidagi uzviy hamkorlikni mustahkamlash orqali hududlarni kompleks rivojlantirish, fuqarolarni qiynab kelayotgan muammolarni o‘z vaqtida aniqlash va ularni manzilli hal etish borasidagi ishlar izchil davom ettiriladi.

 📱 Telegram (https://t.me//poytaxt_deputatlari) 📱 Instagram (https://www.instagram.com/poytaxt_deputatlari) 📱 Facebook (https://www.facebook.com/poytaxtdeputatlari) 📱 YouTube (https://www.youtube.com/@poytaxtdeputatlari) 🔎 E-kengash (https://kengash.gov.uz/news?region_id=14&authority_id=424)

Slide 1 of 4