Xalq deputatlari Qo‘qon shahar deputati Yu.Tuychiyev tomonidan yuborilgan "deputatlik so'rovi"ga mas’ul tashkilot tomonidan rasmiy javob taqdim etildi.
Sizning 32-ds-295-26 sonli so'rovnomaga asosan quyidagilarni ma'lum qiladi: Qo'qon shahar "Chorchinor" mahalla fuqarolar yig'inining Chorchinor ko'chasining 71-uy oldida joylashgan piyodalar yo‘lagi 80-100 metr qismi 2-3 yil oldin shag'al tukilganicha beton qoplama qilish ishlari chala qoldirib ketilganligi yuzasidan qilgan murojaatingiz Qo'qon shahar Obodonlashtirish boshqarmasi mutaxassislari tomonidan o'rganilib, ushbu yo'lak 24/7 dasturi bo'yicha masala xal etilishi belgilandi.
Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi